Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

@reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
E'tiboringizga "Yosh kitobxon" tanlovining yangi nizomini taqdim etamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!