Get Mystery Box with random crypto!

Qisqa metrajli film 'RO'MOL'! Tomosha qilganingizga achinmay | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Qisqa metrajli film "RO'MOL"!

Tomosha qilganingizga achinmaysiz! Sarflagan MB va vaqtingizga rozi bo'lasiz. Bo'larkan-ku shunday roliklar tayyorlasa, ijodkorlardan Alloh rozi bo'lsin!

15 minutlik lavha orqali ta'lim tizimidagi aslida arzimas bo'lsa-da, lekin juda ko'pirtiriladigan muammo chiroyli tarzda, ma'no va mazmunga to'la qilib yoritilibdi. Maktablarda ro'molni yechtirib, unga qarshi kurashib, filmdagi Durdona kabi yosh talantlarni sindirib qo'ymayapmizmi?

P.S.: Bu postim orqali ro'mol o'rashni yoki formasiz o'qishga kelishni targ'ib qilish niyatim yo'q. Bu videoni meni juda ta'sirlantirgani uchun sizlarga ulashgim keldi. Xulosa har kimni o'zidan...
Izzatxo'ja Asomiddinov