Get Mystery Box with random crypto!

'Qarz-qavola qildi' jumlasini eshitganmi, aslida qavola o'zi n | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

"Qarz-qavola qildi" jumlasini eshitganmi, aslida qavola o'zi nima?

Qavola so'zi arabchadan olingan bo'lib, "kafolat", "javobgarlik" degan ma'nolarni anglatadi. U mustaqil o'zi qo'llanilmaydi, faqatgina qarz so'zi bilan birga keladi. Qarz-qavola iborasi yordam tariqasida olingan qarz, qarz-qurzni anglatadi.
Namuna: Do'stim qarz-qavola qilib, Sobirning aytgan pulini to'pladi.

Shu so'z ko'pincha qarz-havola, qarz havola qildi kabi xato shakllarda ishlatiladi. Bu iboralar mazmunan xato. Havola ixtiyoriga topshirish, manba koʻrsatish kabi maʼnolarga ega. Qarz olinadi yoki beriladi, birovning ixtiyoriga topshirib yoki manba koʻrsatib yuborilmaydi. Qarzini bermay, birovga havola qilib yuborish esa boshqa narsa.

Demak:
Qarz-qavola, qarz-qavola qildi.
Qarz-havola, qarz-havola qildi, qarz havola qildi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!