Get Mystery Box with random crypto!

ZIYORATMIZ TAASSUROTLARI (3-qism) Buxoro Samarqandda kunni | TIB🌏sfera (official)

ZIYORATMIZ TAASSUROTLARI
(3-qism)

Buxoro


Samarqandda kunni kechiktirib, o'sha kuniyoq qaydasan, Buxoro deb yo'lga otlandik.

Buxoroyi Sharifga tong otib bo'lgach yetib keldik. Mehmonxonalarga joylashdik. Biroz dam olgach, sayohatimizni davom ettirishga kelishdik.

Buxorodagi safarimiz Poyi Kalon majmuasidan boshlandi. Mir Arab madrasasi va Masjidi Kalonni tomosha qildik. Haqiqatdan ham boshqacha ruh, boshqacha kayfiyat. Atrofingizda hozirgi urf bilan kiyinib olganlarni hisobga olmasak, o'sha o'rta asrlarga tushib qolgandek his qilasiz o'zingizni. Hozir eshikdan boshiga katta salla o'ragan, yenglari uzunligidan tahlanib ketgan, uzun beqasam to'nni kiyib ikkita madrasa talabasi kirib qolarmikin deb o'ylaysiz.

Mana shu joyning o'ziyoq bizni qo'ltiqlab tarixga olib ketdi.

Uyerdan chiqib rasmga tusha boshladik. Bir vaqt bir notanish kishi kelib bizni Amir Olimxon zindoniga olib borishini, u yerda ham muzey borligini aytdi. Biz juda qiziqdik haqiqatdan ham. Chunki bir qancha tarixiy asarlar o'qiganimizda zindon sahnalarini tasavvur qilishga harakat qilganmiz. Haqiqatdan ham shunaqa zax, qorong'u, buruqsagan hidli, suvaraklar, sichqon, kalamushlarga to'lgan joymikin, qiziqdik.

Yo'lga tushdik. Oldinda o'sha notanish odam, orqada esa 34 kishilik jamoa. Yurdik, yurdik, Buxoroning jin ko'chalaridan o'tdik. O'sha tor ko'chalar, o'sha pastak uylarni ko'rdik. Bu biz uchun juda boshqacha zavq bergan bo'lsa, bunaqa jin ko'chalar orqali zindonga ketayotganimizni eslasak biroz qo'rqib turardik

Oldinda bizni yetaklab borayotgan kishi juda bilimli bo'lib chiqdi. Bizga yo'l-yo'lakay o'sha vaqt tarixiga oid juda ko'p ma'lumotlar berib o'tdi. Sezdikki, u kishi faqatgina tarix emas, juda ko'p sohadan xabardor ekanlar. So'zlashlaridan tarixga rostdan ham qiziqishlari, gapirayotganlarini bir joylardan qidirib, qiziqib o'rganganlari sezilib turardi.

Vanihoyat o'sha zindonga keldik. Kirishimiz bilan uyerdagi "Kassa" degan yozuvni, xolodilnikni ko'rib qo'rquvimiz biroz tarqadi

Zindonga kirdik. Kiraverishdagi soliq to'lamaganlar xonasi, atrofdagi sarbozlar xonalarini birin ketin ko'zdan kechirdik. O'sha vaqtdagi zindonbandlar, soqchilarning haqiqiy suratlarini ko'rdik, ular ishlatgan kishanlar, dorlar, qamchilar, qilich va nayzalar. Har bir eksponat oldida soatlab tomosha qilib o'sha vaqtga - moziyga hayolan borishni juda xohladik. Lekin, vaqtimiz kam, hali oldinda bizni juda ko'p joylar kutib turardi. Zindonning yana bir xonasiga kirdik. Xonaning pol qismida kattagina dumaloq taxta panjara turibdi. Taxta panjara ostida esa 3-4 metr churuqlikdagi dumaloq bir o'ra bor. Bu o'raga o'sha vaqtdagi xavfli jinoyatchilar - davlat to'natirishi uyushtirmoqchi bo'lganlar, amirga qarshi bosh ko'targanlar tashlanar ekan. Arqon bilan ovqat tushirilib turarkan. Juda qorong'u, juda zax, qo'lansa hidli, aniqki bit, kana va suvaraklar, sichqonlarga to'la bir o'ra. Tasavvur qilib etlarimiz junjukdi.

Mana shu zindon safarimiz davomidagi bizni xotiramizda uzoq muhrlanib qoladigan, taassurotlarga boy nuqta bo'ldi.

Zindondan chiqib amir saroyi - Buxoro Arkiga qarab yo'l oldik. Havo issiq, atrofda biror daraxt yo'q, oyoq osti ham, atrof ham g'isht. Ustiga ustak garmsel (issiq shamol) esib holimizni quritdi.

Bir amallab Ark ichiga kirdik. Kiraverishdayoq Amir saroyining haybati bizni o'ziga tortdi. O'sha vaqtdagi Ark soqchilari, Ark ichida ketayotgan qizg'in saroy ishlari, atrofdagi fuqaro hayotini tasavvur qilib shirin entikdik, ichimiz hayajonga to'ldi. Bir vaqtlar fuqarolar bu saroyga bir umr yaqin kela olmay yurgan bo'lsa, biz bemalol kirishimiz, Amir Abdulahadxon, Amir Muzaffarxon, Amir Olimxonlar o'tirgan majlisxonalari, dam olish xonalari, ziyofatxonalari, haramxonalarini tomosha qilishimiz mumkin edi. Oldimizda necha asrlarni boshidan o'tkazgan, qancha qonli voqealarga shohidlik qilgan, sukut saqlagan tarix!

Haqiqatdan ham shunday bo'ldi. Kirdik, har bir xonadagi tarixiy eksponatlar - o'sha zarbof to'nlar, teri etiklar, katta sallalar, mis patnislar, obidastalar, bilaguzuk va tillaqoshlar, va yana minglagan tarixiy buyumlarni ko'rdik, o'rgandik.