Get Mystery Box with random crypto!

Keyin esa qadim Temuriylar davrini eslatuvchi Bibixonim (Amir | TIB🌏sfera (official)

Keyin esa qadim Temuriylar davrini eslatuvchi Bibixonim (Amir Temur masjidi) masjidiga bordik. Uzoqdan haybatli ko'ringan bu masjid, yaqiniga borganimizda yana ham haybati ortdi. Bu qadar ulkan, bu qadar hashamdor masjid XIV asrda qurilganiga ishongisi kelmaydi kishini. Samarqandda bizni hayratga solgan obidalardan biri mana shu masjid bo'ldi. Amir Temur rohmatullohi alayh ning "Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurdirgan binolarga boqsin" degan so'zlarini o'sha joyda anglab yetdik.

Undan so'ng hammaga ma'lum va mashhur Registon maydoniga bordik. Bu joyni hech bo'lmaganda rasmini ko'rmagan odam bo'lmasa kerak. Bu joyda bizning xotiramizga muhrlanib qolgani maydonning to'rida joy olgan Tillakori masjidida namoz o'qiganimiz bo'ldi . Nimasi esda qolarli deb o'ylarsiz, XV-XVI asrga tegishli bu qadim masjidda ancha vaqtdan beri namoz o'qilmayotgani, muzeyga aylantirib qo'yilganini bilgach siz ham hayron bo'lasiz. Shom namozi edi. Mikrofonsiz holatda ham ovoz shunaqangi jarangdor chiqdiki, quruvchi me'morlarning iste'dodiga tan berdik.

Shundan so'ng yugurganimizcha Go'ri Amir (Go'ri Mir) ga bordik. Yugurib borib, yugurib kirib, yugurib chiqdik . Chunki ancha kech tushgan, bu ziyoratgoh ham yopilish arafasida ekan. Buni ham hikmatga yo'ydik, inshaAlloh kelasi safar Amir Temur hazratlari, ularning piri murshidi Mir Sayyid Baraka rohmatullohi alayh haqlarida ko'p o'qib o'rgangach boshqa kelamiz deb niyat qildik.

Shu bilan Samarqand safarimiz niyohaladi. Jamoamizdagilarning 98 foiz qismi Samarqandga birinchi bor kelishi edi. Birinchisi bo'ldi, lekin takrorlanmas bo'ldi.

@elyorbek_turaboyev