Get Mystery Box with random crypto!

Techno Ali

Telegram kanalining logotibi thetechnoali — Techno Ali T
Telegram kanalining logotibi thetechnoali — Techno Ali
Kanal manzili: @thetechnoali
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 858
Kanalning ta’rifi

Кундалик ишлатадиган техник қурилмаларингиз айнан қандай ишлаши ҳақида биласизми? Саҳифамизга қўшилинг, бу саволга биргаликда жавоб излаймиз! 😎🤙
Мен ҳақимда: t.me/TheTechnoAli/37
Блог: @TheAliBlog
Админ билан боғланиш:
@HarryAli

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-10-27 21:43:07
O'yinni yuklab olayotganim haqida twitterda yozganimda Ubisoftdagilar javob qaytaribdi)

@TheAliBlog
1.6K views18:43
Ochish/sharhlash
2020-10-21 11:13:31 Nurbek Alimovni kanalida chiqarilgan, Norin tumani hokimligi olgan kompyuter xarajatlarini ko'rib ancha hayron qoldim. O'zim ko'rsatilgan modeldagi jihozlarni narxlarini solishtirib ko'rdim. Shuni sizlar bilan bo'lishmoqchiman:

i7-9700K - 365
Z390 - 135
600W - 40
Radeon RX550 4GB - 85
RAM 16GB - 90
SSD 256 - 50
HDD 4TB - 110
Cooler - 35
Pixel 32 Curved Monitor - 270
Klaviatura, sichqoncha, naushnik, keys - 80
PUBG - 18
=====
1 278 x 10 390 = 13 278 420

Ko'rib turganingizdek, 19 yarim millionga tushgan kompyuterni aslida 13 million so'mga sotib olish mumkin edi, men ko'rsatgan narx ham QQS bilan birga hisoblangan. Agar hokimiyatdagilar aynan qaysi magazindan bu narxga topishni bila olishmayotgan bo'lishsa, men bilan bog'lanishsin. Pul o'tkazish yo'li bilan to'lov qilishsa ham bo'ladigan magazin topib beraman.

Undan tashqari, odamni eng g'ashini keltiradigan narsa, huddi malibuni dvigateliga neksiyani shassi qismini o'rnatgandek, modellar bir-biriga mutanosib emas. Chunki bu videokarta uchun intel core-i5-9600K protsessorini olishgan taqdirda ham, bemalol yetib ortgan bo'lardi va 150 dollar iqtisod qilinishi mumkin edi. Yana, 32 dyuym keladigan monitor nega kerak? Agar uzoqdan ko'pchilik nimadir ko'rishi uchun bo'lsa, nega aynan Curved (qayrilma) monitor olingan? Qayrilma monitorlar uzoqdan tomosha qilish uchun mo'ljallanmagan. Ha mayli, o'zi nafaqat monitor, balki butun kompyuterni o'zi o'yin o'ynash uchun mo'ljallanganligi PUBG o'yini ham narxlarga qo'shib hisoblanganidan bilsa bo'ladi))

@TheAliBlog
1.8K views08:13
Ochish/sharhlash
2020-10-16 13:00:56 ​Salom, do'stlar. Bilaman, kanal faoliyati ancha sustlashgan, lekin o'zingizga ma'lum, avval ham unchalik faol emasdim, sizlarga faqat arzirli ma'lumotlar berishga harakat qilaman.

Shunday qilib, sizlarni texnologiya olamidagi so'nggi yangiliklardan sizlarni boxabar qilib o'tmoqchiman. 2020-yil texnika olamida chinakamiga geymchenjing yil bo'la oldi, desam adashmagan bo'laman. Chunki bu yil davomida biz Nvidianing RTX30 seriyasidagi videokartalar, yangi PS5 va Xbox Series X o'yin konsollari, CPU sanoatidagi yangiliklar va e'tibor berishga arzimaydigan yangi telefon modellari bilan tanishdik. Shuningdek, video-o'yinlar sanoatida ham aynan shu yilda katta yangiliklar bo'lmoqda.

Yaqinda Intel va Nvidianing asosiy raqobatchisi bo'lgan Xitoylik texnogigant AMD kompaniyasi o'zining yangi ZEN3 protsessorini namoyish qildi. Oldingi protsessorlaridan farqli tomoni ZEN3 modelida 8ta yadro uchun yagona 32MB xotiraga ega markaziy kesh joylashtirilgan bo'lib, endi yadrolarning barchasi umumiy keshdan ma'lumot olishi mumkin va bu protsesssorning ishlash tezligiga sezilarni hissa qo'shadi. Shuningdek, taqdimotda ushbu 7 nanometrlik protsessorning bir ish sikli davomidagi faoliyati Intelning 10-avlod i9-10900K protsessoridan ko'ra 2.8 marta samaraliroq ekani alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, ZEN3 protsessoriga asoslangan yangi Ryzen 9 5900X CPU modeli video-o'yinlar va renderlashda Intelning bir necha oy avval sotuvga chiqarilgan i9-10900K modelidan ko'ra sezilarni darajada tezroq ishlashi ko'rsatib berildi. Narx masalasiga kelsak, Intelning so'nggi i9 modeli $629 bo'lsa, AMDning so'nggi Ryzen 9 modeli $549 ekani aytilmoqda.

Bu hali hammasi emas. Yaqin kunlar ichida, aniqrog'i 28-Oktyabr sanasida AMD o'zining eng so'nggi video-karta modelini taqdim qilishini e'lon qildi. Yangi Radeon RX-6000 seriyasi huddi Nvidianing RTX3090 modeli kabi 4K geyming uchun ajoyib variant bo'lishi va'da qilinmoqda.

Bundan tashqari, yangi PS5 va Xbox Series X o'yin konsollarini ham aynan AMD kompaniyasi Zen protsessori va Radeon videokartalari bilan ta'minlanayotgani ta'kidlandi. Demak, PS5dagi betakror grafika AMDning sharofati bilan bo'lar ekan. AMD bo'yicha yangiliklar tugallandi.

Post davomida iPhone 12 haqida ham ma'lumot berishim mumkin edi, lekin buni uncha muhim yangilik deb hisoblamayman va bularni allaqachon boshqa texnobloglardan bilib olgan bo'lsangiz ham kerak.

Post oxirida kutilayotgan video-o'yinlar haqida gapirib o'tmoqchiman. Oy oxirida Watch Dogs: Legion video-o'yinini kutib olamiz, undan keyin Noyabr oyida uzoq kutilgan Cyberpunk 2077 va Assassin's Creed Valhalla o'yinlari bizni kutmoqda.

Aytgancha, grafik yangilangan Mafia o'yini haqida hali alohida post qilib ulgurmadimu, lekin youtube kanalimda o'yinni 60fps tezlikdagi video qilib joylab borayotgan edim. Grafikasiga baho bering va o'yin yuklashga arziydimi-yo'qmi, o'zingiz tanlang. Kanaldan uzoqlashmang!

@TheTechnoAli
1.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2020-10-10 08:10:47
Bugun 10-oktyabr sanasida Telegram asoschisi Pavel Durov 36 yoshni qarshiladi. Durov akamizga sog'lik, ishlariga omad va so'z erkinligi uchun kurashdan to'xtamasligini tilab qolaman.

@TheTechnoAli
2.0K views05:10
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:05:19Dasturchilar kuni muborak!

Bugun 12-Sentyabr, yilning 256-kuni. Shu kun dasturchilar kuni sifatida tanlab olingan. Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha dasturchilar va dasturchi bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganlarni chin dildan tabriklayman!

@TheTechnoAli
2.5K views10:05
Ochish/sharhlash
2020-09-01 20:08:19Nvidia Geforce - Katta taqdimot!

Dunyodagi eng yirik videokarta ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblangan Nvidia kompaniyasi sal avval taqdimot o'tkazdi. Shu taqdimot haqida qisqacha gapirib bersam. Diqqat qiling, kompyuterga qiziqishi bo'lgan barchani qiziqtirishi aniq.

Eng avvalo taqdimot Fortnite o'yiniga ham RTX funksiyasi qo'shilayotgani bo'ldi. Bundan avval eng ko'p o'yinchilarga ega bo'lgan Minecraft o'yini ham RTX funksiyasi bilan ishlab chiqarilgan edi.

Nvidia Reflex - grafik karta va CPU o'rtasidagi aloqaning uzilishlarsiz, uzoq tanaffuslarsiz ma'lumot almashinishini ta'minlovchi funksiya. Bu funksiya yuqori ekran chastotasida o'ynovchi geymerlar uchun juda qo'l keladi.

Yangi, G-Sync funksiyasi bilan ishlovchi 360Hz yangilanish chastotasiga ega o'yin monitorlari. Bunday monitorlarni bir qancha ishlab chiqaruvchilar taqdim etishmoqda.

Nvidia Broadcast - O'yinlarni striming qilish uchun mo'ljallangan dastur. Boshqa dasturlardan ko'ra bir qator afzalliklarga ega. Professional shovqin yo'qotish, webkameradagi fonni o'zgartirish yoki butunlay yo'qotish va hokazo.

Nvidia Omniverse Machinima - Yodingizda bo'lsa, eski o'yinlarning hikoya qilinadigan qismi video ko'rinishida ishlanib, bu videolar yuqori sifatli holatda bo'lgani uchun ham hajmi juda katta bo'lardi. Masalan, 30 soniyalik videoning o'zi 3-4GB bo'lishi mumkin edi. Lekin hozirda ko'plab video-o'yinlar "in-game" hikoya aytilishini qo'llashmoqda, ya'ni, hech qanday videolarsiz, o'yinning asl grafikasi bilan. Yangi, Nvidia Omniverse Machinima bilan esa, bu funksiya ham professional kinematik effektlar bilan boyitilib, hikoyaga o'zgacha tus beradi.

Nvidia DLSS - Sun'iy Intellekt kuchi bilan o'yindagi kadrlar sonini oshirishga xizmat qiluvchi funksiya. RTXni qo'llagan holda, albatta.

Nihoyat, asosiy yangilikka o'tsam. Agar yaqin orada videokarta sotib olishni niyat qilgan bo'lsangiz, shoshilmay turganingiz ma'qul. Chunki yangi modeldagi videokartalar odamni hayratga soladi!

Nvidia Geforce RTX3070 - 8GBlik xotiraga ega, yangi avlod RTX funksiyasini qo'llovchi, 256-bit tezlikda ishlovchi betakror grafik karta!

Nvidia Geforce RTX3080 - 10GBlik xotiraga ega, yangi avlod RTX funksiyasi bilan ishlovchi, 760GB/s tezlikda ma'lumot almashina oladigan, 320-bit tezlikda ishlovchi ideal grafik karta.

Shoshmang, bular nimasi bilan hayratga soladi, deyapsizmi? O'z kuchi va narxi bilan! Hozirda bozordagi eng kuchli videokarta sanalgan RTX2080Ti modelining narxi 1400-1500 dollar atrofida. Kuch jihatidan RTX2080 modelining 2tasiga teng deyilayotgan, kamiga yangi avlod RTX funksiyasida ishlovchi RTX3080 modelining narxi esa 699 dollardan boshlanadi! Sotuvda 17-Sentyabrdan boshlab.

RTX2080Ti modelidan tez ishlashi va'da qilinayotgan, 8GBlik RTX3070 modelining narxi esa 499 dollardan boshlanadi! Sotuvda oktyabr oyidan boshlab.

Xo'sh, agar sizga grafik kartaning haqiqiy "maxluq"i kerak bo'lsa, siz uchun ham birnima topiladi: RTX3090 modeli!
350W kuchlanishda ishlovchi, 936GB/s tezlikda ma'lumot uzata oladigan, 384-bit tezlikda ishlaydigan ushbu model 24GBlik xotiraga ega! Narxi esa, 1499 dollardan boshlanadi. Sotuvda 24-sentyabrdan boshlab.

Demak, agar qimmat videokarta olishni niyat qilib yurgan bo'lsangiz, biror oylar sabr qilishni maslahat beraman. O'ylaymanki, bu yangilik sizlarni befarq qoldirmadi . Hozircha sizlarga yetkazmoqchi bo'lganlarim shulardan iborat edi, kanaldan uzoqlashmang!

@TheTechnoAli
2.7K views17:08
Ochish/sharhlash
2020-08-24 14:30:02
Алам қиладигани, RTX (Ray Tracing) функциясини бажарувчи ва мана шу консолга тенг бўла оладиган компютер нархи сизга камида 4 баробар қимматга тушади!

@TheTechnoAli
2.3K views11:30
Ochish/sharhlash
2020-08-21 07:00:34Қандай қилиб пуллик ўйинларни арзонроқ олиш мумкин?

Шошманг, нимани ўйлаганингизни биламан, любой ўйинни бепул юклаб олса бўладику, тўғрими? Ҳа, умуман олганда гапингиз тўғри. Лекин шундай ўйинлар борки, уларни сотиб олмагунингизча ўйнолмайсиз ёки ўйнагандек бўлмайсиз. Бу - онлайн ўйинлар. Ҳа, айтганча, гап компьютер ўйинлари ҳақида кетяпти.

Ҳа, барча онлайн ўйинлар ҳам бепул эмас ва пулликлари ҳам унчалик арзон турмайди. Лекин фойдаланувчиларга қулайлик тарзида айрим онлайн-магазинлар ойлик обуна хизматини ишга туширган бўлиб, бир ой учун "арзимас" тўлов қилиб, онлайн ўйинлардан баҳраманд бўлишингиз, ёки бошқа ўйинларнинг онлайн вариантини синаб кўришингиз мумкин.

Origin Access - "EA Games"нинг ўйинлар магазини, лекин бошқа компанияларга қарашли ўйинларни ҳам топиш мумкин. Ойига атига $4 тўлов эвазига, "EA Games"га қарашли кўплаб онлайн ўйинларни ўйнашингиз мумкин: Battlefield, Fifa 2020, Star Wars: Battlefront, Need For Speed ва ҳоказо. Компьютер билан футбол ўйнайвериб зерикдингизми? Агар ўзингизга шунчалик ишонсангиз онлайн ўйинда дунёнинг бошқа четидаги одамларга ўзингизни кўрсатинг, мусобақаларда иштирок этинг! Ёки бўлмаса, менга ўхшаб Need For Speed мусобақаларида!))

UPlay+ - Ubisoft компаниясига қарашли UPlay магазинининг UPlay+ обунаси унчалик арзон эмас, лекин агар бир ўйинни 1 ойдан узоқ ўйнамайман, деб ҳисобласангиз, тўлиқ вариантини сотиб олишдан, ойлик обуна бўлволиш сизга арзонроққа, ойига $14га тушади. Бунинг эвазига эвазига Ubisoftнинг 100дан ортиқ ўйинлари орасидан исталганини 1 ой давомида ўйнашингиз мумкин: The Crew, Splinter Cell, Ghost Recon, Far Cry, Assassins Creed, Watch Dogs, Trials, Rainbow Six Siege ва ҳоказо.

Ҳозирча сизларга етказмоқчи бўлганларим шулардан иборат эди, агар Origin Access обунасини олиб, Need For Speed Heat ўйнаб қолсангиз, TheHarryAli ни топишни унутманглар!

@TheTechnoAli
2.4K views04:00
Ochish/sharhlash
2020-08-14 19:17:12
Дуровнинг айтишича, аслида Telegramнинг видеоқўнғироқлари бугун, мессенжернинг 7 ёшга тўлган кунида эълон қилиниши керак эди, лекин Apple компаниясининг дастур янгиланишини кўриб чиқишга вақт топа олмаётгани бунга тўсиқ бўлиб турибди экан. Apple'даги бу камчилик ҳақида Дуров аввал ҳам гапирган эди.

@TheTechnoAli
2.4K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2020-08-06 07:00:40Telegram асосчиси Дуров АҚШнинг ТикТокни блоклашга таҳдиди ҳақида:

Мен нима учун АҚШ ҳукумати агар ТикТокнинг америка ҳудудидаги активлари америка сармоядорларига сотилмаса, уни таъқиқлаш билан нега таҳдид қилишаётганини тушунаман. Умуман олганда, Хитой ўз ҳудудида Хитойники бўлмаган жуда кўплаб ижтимоий медиа дастурларни блоклаб қўйган. Нега энди дунёнинг бошқа давлатлари, АҚШни ҳам ҳисоблаганда, Хитой дастурини ўз бозорларида бемалол юришига қўйиб беришлари керак? Агар бошқа давлатларнинг бозорига кириб боришни хоҳласангиз, сиз ҳам уларга ўз бозорингизни очишингиз керак - шунда адолатдан бўлади.

Лекин Американинг ТикТокка қарши юриши интернетни чинакам глобал тармоқ (ёки унинг қолдиғи) сифатида биратўла йўқ қилиши мумкин бўлган хавфли ҳолатни юзага келтирмоқда. Америка-ТикТок воқеасидан аввал Эрон, Хитой ёки Россия каби автократик давлатларгина технологик компанияларга таҳдид қилиб, уларни ўз бизнесининг бир қисмини ҳукуматга яқин турувчи сармоядорларга сотишга мажбурлашлари билан танилган эдилар. Бунга ҳайрон қолмаса ҳам бўлади. Масалан, Uber ўзининг Хитой ва Россиядаги улушини ўша ерлик сармоядорларга сотишга мажбур бўлган.

Uber'дан фарқли равишда биз, Telegramдагилар операцияларимизни қайсидир давлатларга сотиш таклифларини ҳар доим рад қилиб келганимиздан фахрланаман. Бир неча йил аввал биз кейинчалик Telegramни блоклашга уринган давлатларга алоқадор бўлган иккита фонддан хат олгандик. Иккала хатда ҳам мазмун бир хил эди: "Telegram тез орада бизнинг давлатимизда блокланади. Демак, сизнинг ягона чорангиз бизнесингизнинг маҳаллий қисмини бизга сотишдан иборат". Менинг уларга йўллаган жавобимда 2011-йилда фойдаланган ўрта бармоқ сурати ҳам бор эди: биз ўз фойдаланувчиларимизга хиёнат қиладиган бизнес юритмаймиз. Биз Telegramни сотмоқчи эмасмиз, ҳатто унинг бир қисмини ҳам. Бу ҳар доим бизнинг позициямиз бўлиб қолади.

Америка-ТикТок ишидаги муаммо шундаки, у авваллари фақат авторитар режимдагилар қўллаб келган товламачилик тактикасини қонунийлаштиради. Бир неча ўн йиллар давомида АҚШ савдо ва сўз эркинлиги ҳимоячиси сифатида танилиб келинган эди. Лекин энди Хитой уларни глобал савдосининг асосий фойда олувчиси сифатидаги позициясини ўзгартиргач, Америка (ёки бўлмаса Трамп маъмурияти) ушбу қадриятлардан воз кечган кўринади. Афсуски, сайёрадаги миллиардлаб инсонлар ҳалигача дунёни ўзаро боғланган ҳолатда яхши кўришади.

Ўтган ҳафта Туркия ижтимоий медиа компанияларни чекловчи бир қатор қонунларни тақдим этди. Бир неча йил аввал АҚШ бундай ҳаракатларга нисбатан ўзининг савдо ва сўз эркинлиги идеалогиясини пеш қилган ҳолда, қаршилик қилишга маънан ҳаққи бўлар эди. Бугунги кунда эса, АҚШ бундай ҳуқуққа эга ёки эга эмаслиги ноаниқ. Дунёдаги авторитар раҳбарлар ТикТок воқеасини асос қилган ҳолда, ўз фойдаси учун глобал интернетнинг бир қисмини таъқиқлашмоқда. Тез орада барча йирик давлатлар халқаро технологик компанияларни синдириш учун "миллий хавфсизлик" атамасидан фойдаланишни бошлашлари мумкин. Энг қизиғи эса, Facebook ёки Гоогле сингари АҚШ компаниялари бу ҳолатда энг кўп йўқотишга учраши мумкин.

Павел Дуров.

@TheTechnoAli
2.8K views04:00
Ochish/sharhlash