Get Mystery Box with random crypto!

Nurbek Alimovni kanalida chiqarilgan, Norin tumani hokimligi o | Techno Ali

Nurbek Alimovni kanalida chiqarilgan, Norin tumani hokimligi olgan kompyuter xarajatlarini ko'rib ancha hayron qoldim. O'zim ko'rsatilgan modeldagi jihozlarni narxlarini solishtirib ko'rdim. Shuni sizlar bilan bo'lishmoqchiman:

i7-9700K - 365
Z390 - 135
600W - 40
Radeon RX550 4GB - 85
RAM 16GB - 90
SSD 256 - 50
HDD 4TB - 110
Cooler - 35
Pixel 32 Curved Monitor - 270
Klaviatura, sichqoncha, naushnik, keys - 80
PUBG - 18
=====
1 278 x 10 390 = 13 278 420

Ko'rib turganingizdek, 19 yarim millionga tushgan kompyuterni aslida 13 million so'mga sotib olish mumkin edi, men ko'rsatgan narx ham QQS bilan birga hisoblangan. Agar hokimiyatdagilar aynan qaysi magazindan bu narxga topishni bila olishmayotgan bo'lishsa, men bilan bog'lanishsin. Pul o'tkazish yo'li bilan to'lov qilishsa ham bo'ladigan magazin topib beraman.

Undan tashqari, odamni eng g'ashini keltiradigan narsa, huddi malibuni dvigateliga neksiyani shassi qismini o'rnatgandek, modellar bir-biriga mutanosib emas. Chunki bu videokarta uchun intel core-i5-9600K protsessorini olishgan taqdirda ham, bemalol yetib ortgan bo'lardi va 150 dollar iqtisod qilinishi mumkin edi. Yana, 32 dyuym keladigan monitor nega kerak? Agar uzoqdan ko'pchilik nimadir ko'rishi uchun bo'lsa, nega aynan Curved (qayrilma) monitor olingan? Qayrilma monitorlar uzoqdan tomosha qilish uchun mo'ljallanmagan. Ha mayli, o'zi nafaqat monitor, balki butun kompyuterni o'zi o'yin o'ynash uchun mo'ljallanganligi PUBG o'yini ham narxlarga qo'shib hisoblanganidan bilsa bo'ladi))

@TheAliBlog