Get Mystery Box with random crypto!

Qarang nima topdim. Klip olib yuborsa bo'larkan) reaksiya so'r | TʜE EɴD

Qarang nima topdim. Klip olib yuborsa bo'larkan) reaksiya so'ramasam hech kim bosmayapti, nima qilish kerak-a?

Begona

Soat sakkiz yarim. Chiqasan uydan.
Archalar, teraklar tizilar safga.
Sog'inch tushlarimga xuddi o'xshaysan -
Shoshib borarkansan bekat tarafga.

Bir kiftingga xiyol egilgan boshing,
Odiming quvadi biri birini.
Xayoling zabt etgan olamlar oshib
Menga tashlamaysan ko'zing qirini.

Yog'dung yetganmidi - sog'inib yeldim -
Shu'langning ortidan - qalbim yoqqani:
Umrim bo'yi uzun yo'l bosib keldim,
Senga armon bilan bir bor boqqani.


Usmon Azim, 25-10-2020y