Get Mystery Box with random crypto!

Telegram 7.4 versiyaga yangilandi Boshqa ilovalardan chatlar | Telegraph Uzbekistan

Telegram 7.4 versiyaga yangilandi

Boshqa ilovalardan chatlar tarixini koʻchirish
• WhatsApp, Line va KakaoTalk kabi boshqa ilovalardan xabarlaringiz tarixini Telegramga koʻchiring.
• Boshqa ilovada Chatni eksport qilish funksiyasidan foydalaning, keyin eksport qilingan faylni Telegramga ulashing (batafsil koʻrsatmalar uchun blog-post bilan tanishing).

Koʻproq maxfiylik
• Nafaqat xabarlarni, balki siz yatratgan guruhlar, maxfiy chatlar va chaqiruvlar tarixini ham barchadan izsiz oʻchirib tashlang.

Yaxshilangan ovozli chatlar
• Ovozli chatning alohida ishtirokchilari uchun tovush balandligini sozlang.
• Chaqiruvlar tarixi boʻlimining yuqorisida guruhlaringizdan faol ovozli chatlarni koʻring.

Yaxshilangan musiqa pleyeri
• Musiqa pleyerida ijrochining ismini bosish orqali barcha chatlaringizda uning taronalarini koʻring.
• Xiralashgan effekt bilan qoʻshiqlarni pauzalang va davom ettiring.
• Taronani oldinga surish yoki orqaga qaytarish uchun “Keyingisi” va “Avvalgisi” tugmalarini bosib turing.

Va boshqalar
• Taklif qilingan stiker yordamida yangi foydalanuvchilar bilan bitta bosish orqali salomlashing.
• Yaxshilangan TalkBack qoʻllab-quvvatlanishidan zavqlaning.
• Taniqli shaxslar yoki tashkilotlar nomidan ochilgan soxta guruhlar yoki kanallar haqida ularning profilini ochib, … > Shikoyat qilish rukni orqali xabar bering.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO | MAQOLA

PlayStore | AppStore

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube