Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi bir yilda kuzatganlarim natijasida to'liq xarajatlari q | She`rlar Olami !

Oxirgi bir yilda kuzatganlarim natijasida to'liq xarajatlari qoplanadigan dasturlar

Bakalavr/Magistratura/PhD
bosqichiga topshiradiganlarga:

Türkiye burslari & IsDB joint scholarship - Dastur ITB(Islom taraqqiyot banki)ga aʼzo davlatlari va aʼzo boʻlmagan mamlakatlardagi musulmon jamiyatining istiqbolli talabalariga yordam berish uchun moʻljallangan.

DAAD Scholarships - asosan bitiruvchilar, doktorantlar va aspirantlar uchun moʻljallangan boʻlib, Germaniyadagi universitetlar va universitetdan tashqari tadqiqot muassasalariga oʻqish va tadqiqot tashriflari uchun beriladi. Ba'zi dasturlarda stajirovkalar ham moliyalashtiriladi.

"El-yurt umidi" jamg'armasi - ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish xarajatlarini to'liq moliyalashtiradi.

Global Korea Scholarship - butun dunyo bo'ylab yuzlab talabalarga Janubiy Koreyadagi oliy ta'lim muassasalarida bakalavr va magistratura dasturlarida ilg'or ta'lim olish uchun turli imkoniyatlarni taqdim etadigan stipendiya.

Stipendium Hungaricum - Vengriya hukumatining eng nufuzli oliy taʼlim stipendiya dasturi boʻlib, aʼlo darajadagi ilmiy tajribaga ega xalqaro talabalar uchun keng doiradagi kurslarni taklif etadi. (PhD bosqichi haqida ma'lumot topolmadim)

Erasmus Mundus Joint Masters scholarships - bir nechta oliy ta'lim muassasalari tomonidan turli yevropa mamlakatlarida o'qish imkonini beradi. (Faqat Magistratura uchun)

Fulbright Foreign Student Program - chet ellik talabalar dasturi aspirantlar va yosh mutaxassislarga AQShda ikki yilgacha o‘qish va magistrlik darajasini olish imkonini beradi. (Faqat Magistratura uchun)

Chevening Scholarship - Buyuk Britaniya hukumatining to'liq moliyalashtiriladigan stipendiya dasturi, Chevening stipendiya dasturi orqali magistraturaga hujjat topshirishingiz mumkin.

Almashinuv dasturlari (Exchange programs):

Global UGRAD - Bakalavr talabalariga AQShda bir semestr o‘tkazish imkonini beruvchi eng nufuzli bir semestrlik almashinuv dasturi.

Stipendium Copernicus - Bakalavr va magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beradi.

IES Scholarship - Bakalavr va magistratura talabalariga bir akademik semestr davomida Germaniyada o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi.

Amaliyot dasturlari (Internship programs):

OECD Internship Programme - Bakalavr, magistratura va doktorantlar uchun amaliyot dasturi.

Scientific Internships - Bakalavr va magistratura talabalari uchun pul to'lanadigan amaliyot dasturi.

GIFT Internship Program - Bakalavr talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi.

@TohirjonVohidov