Get Mystery Box with random crypto!

Sen suvlar sepasan yoʻlimga, Eshiging oldini supurib. Yurakni | She`rlar Olami !

Sen suvlar sepasan yoʻlimga,
Eshiging oldini supurib.
Yurakni buyurib oʻlimga,
Qora dil – koʻnglimni kuydirib.

Bilmadim ne-uchun sababin,
Meni koʻrsang qovoq burasan.
Xozirgacha dushmandek bilib,
Qachongacha shundoq yurasan.

Men-ku sensiz yashayveraman,
Ozodlikda, ammo firoqda...
Sen-ku mensiz yashayverasan,
Yuragimdan ancha yiroqda.

Majburlash yoʻq, sevmasang, mayli,
Ketish boʻlsa ketaveramiz!
Men ishqdan sen nedan bilmadim,
Kechish boʻlsa kechaveramiz!

Sen suvlar sepganding yoʻlimga,
Va yana supurib qoʻyganding.
Qaydandir yoʻl topib koʻnglimga,
Ismingni manguga oʻyganding.

Botir Bannop

@sherla