Get Mystery Box with random crypto!

SARSONA KOʻNGIL Yomgʻir yog'gan edi oʻsha kun, Tomchilardan q | She`rlar Olami !

SARSONA KOʻNGIL

Yomgʻir yog'gan edi oʻsha kun,
Tomchilardan qochib boʻlmasdi.
Yuragimga yoqqan bir qizni,
Yuragiga kirib boʻlmasdi...

Loy koʻchadan shoshib ketaman,
Jingalak sochimni xoʻl qilib.
Tuflimni ichiga toʻlar suv,
Ilojsiz taqdirga yoʻl berib.

Tomchilar yuzimga urganday,
Qarashing yurakdan urgandi.
Bevafo, bebaho bu – koʻnglim
Qarshingda taslimdek turgandi.

Yuzingni paranjing toʻsadi,
Koʻzimni nazardan qaytarib.
Taqdir boʻlsa birga boʻlardik!
Ikkimiz shu yoʻlda teng qarib.

Sevmoq boʻlsa sevdim shoirdek,
Netay ishqda adolat qani?
Sevganim ham sevarkan ishon,
Mendan ham koʻp, faqat oʻzgani!..

Botir Bannop

@sherla