Get Mystery Box with random crypto!

#insult UASh yoki tez yordamda taktika. Ma'lumot 1. Insu | Tez yordam 103

#insult UASh yoki tez yordamda taktika.

Ma'lumot

1. Insult: Gemoragik
                Ishemik

2. Sababi:
    Gemoragik insult: Gipertoniya,
    Nerv sistemasiga kuchli ta'sirot,
    jismoniy zòriqish.

    Ishemik insult: Tromboz, emboliya,
    gipotoniya va shok, miya tomirlari
    aterosklerozi

3. Klinika farqlari asosiy ( bular
     nisbiyligini unutmang):

    Gemorragik insult:  arterial qon
    bosimi yuqori, bemor qattiq bosh
    og'rig'ini sezib, xushini yòqotishi mn,
    tana harorati kòtarilishi, belgilar
    nisbatan kuchliroq. Jarayon
    nisbatan tez kechadi.


    Ishemik insult: Kechki vaqtda
    yuzaga keladi, ertalab uyg'onganda
    sezadi, arterial bosim pastroq
    yoki òzgarishsiz bòladi bemor
    xushida. Jarayon nisbatan sekin
    yani soatlar yoki birnecha kunlik
     belgilar bilan kechadi.

  
Umumiy klinik belgilar juda kòp ularga tòxtalmadim. Aniq diagnoz MRT va MSKT orqali qòyiladi!!!!


Taktika


1. UAShning vazifasi hech nima
    qilmasdan 2 soat ichida
    gospitalizatsiya qilish. Sababi siz
    gemoragik deb diagnoz qòyib,
    shunga qarshi preparat berishni
    boshlab qòysez, lekin ishemik bòlib
   chiqsa bemorni ahvolini yana
   og'irlashtirishiz yoki òlim holatiga
   olib kelishiz mumkin. Aniq diagnoz
   MSKT yoki MRT da qòyiladi!!!


2. Gohida eshitib qolamiz bunday
    kasalni qimirlatib bòlmaydi deb,
    Bu kasallik uyda davolanadigan
    holat emas!!!!!
Lekin olib borishda
    bemorni òzini harakatini cheklab,
   transportirofka qilishimiz kerak!!!

3. Bu holatda davolashda
    differensiyalashmagan (umumiy) va
    differensiyalashgan (farqlangan)
    davo mavjud.

4. UASh holatida vaqtincha davo
    qilishga tòg'ri kelsa ya'ni statsionar
     juda uzoq yoki bemorni olib borish
    imkonsiz. Siz tanlaysiz
    Differensiyalashmagan davo turini
    va mutaxasisni bemor oldiga
    chaqirtirasiz!!!!

   Qon bosimini tushurib yubormaslik!
   Gemoragikda 140/85 atrofida
   ushlash

    Miya shishiga qarshi:
    A: Mannit     15%      200,0 v/i

    B: Furosemid   1%    2,0      v/i
        ( Siydik qopi kateterlangan bòlishi
          kerak. Diurezni nazorat qilish)

    C: NaCl           0,9%    15,0
         L-lizin                      10,0 v/i

    D: Deksametazon 0,4%  1,0
         NaCl                   0,9%  4,0 v/i

    E: Sitikolin             4,0 m/o yoki v/i
         ( vena ichiga juda sekin )

    H: Askarbinka    5%      8,0 v/i

    G: 38 yuqori tana haroratida
         Bosh, qòltiq osti, chov sohaga
         muzli halta yoki analgin,
        diklofenak qilinadi.


Eslatma

1. Bu holat UASh ni kasali emas!!!
    Mutaxasisga nevropatolog yoki
    reanimatologga olib boring!!!

2. Mannitdan sòng furosemid qilishni
    unutmang!!!

3. Differensiallashagan davo
    òtkazmang!!!

4. Mikroinsultlarda yaxshi davo qilinsa,
     bemor deyarli avvalgi holatiga
    qaytadi.


Eslatma!!!!
           Bu faqat vrachlar tomonidan bemorning holati va yoshiga asoslanib yoziladi. Taktika tanlanadi!!!

drusupov