Get Mystery Box with random crypto!

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Telegram kanalining logotibi texnikumlar — Texnikumlar | Rasmiy xabarlar T
Telegram kanalining logotibi texnikumlar — Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
Kanal manzili: @texnikumlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.60K
Kanalning ta’rifi

Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.
Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг✅
Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-06-20 14:26:49 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 20-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining litsey.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@TEXNIKUMLAR
11.3K views11:26
Ochish/sharhlash
2022-06-20 10:07:26 Bugundan akademik litseylarga ham qabul boshlanadi

Bugun, 20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik liseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:

o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik liseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);

va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.

Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik lisey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
10.2K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2022-06-18 12:35:41 #Биласизми?

Эслатиб ўтамиз: Мақола ва диплом ишларни энг тез муддатда ёзиб бериш хизмати мавжуд.

Техникумлар борасида ҳеч қандай саволларга жавоб берилмайди.

Янгиликлар бўлса, албатта, каналга пост ёзилади. Тижорий ҳамкорлик учун фақат телеграмда ёзишингиз мумкин.

Мурожаат учун @analytic_22
9.3K viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash
2022-06-18 08:09:35
#Профессионал_таълим

Президент топшириғига кўра ҳудудлардаги профессионал таълим муассасалари фаолияти ўрганилмоқда

Давлатимиз раҳбари ҳузурида аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида вазир ва ўринбосарлар бошчилигидаги масъуллар томонидан бугундан бошлаб ҳудудлардаги профессионал таълим муассасалари фаолияти таҳлилий ўрганилмоқда.

Батафсил ушбу ҳавола орқали танишинг.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.8K views05:09
Ochish/sharhlash