Get Mystery Box with random crypto!

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Telegram kanalining logotibi texnikumlar — Texnikumlar | Rasmiy xabarlar T
Telegram kanalining logotibi texnikumlar — Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
Kanal manzili: @texnikumlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.60K
Kanalning ta’rifi

Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.
Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг✅
Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-10-02 08:06:15 Коллеж ва техникумларнинг сиртқи, кечки ва дуал таълим шаклига ҳужжат топширган абитурентлар ўқишга имтиҳонсиз қабул қилинади.

2022-2023 ўқув йили учун профессионал таълим муассасаларига сиртқи, кечки ва дуал таълим шакллари бўйича рўйхатдан ўтган абитуриентлар тест синовида иштирок этмайди.

Улар профессионал таълим муассасалари (коллеж ва техникум) га кириш имтиҳонларисиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади.

Тест синовлари фақат кундузги таълим шакли учун ўтказилади ва тест синовлари 2022 йил 3-8 октябрь кунлари 2 сменада бўлиб ўтади.

Шунингдек, рўйхатдан ўтишда ОТМларга кириш тест синовида тўплаган бали билан танловда иштирок этиш истагини билдирган ва фанлар мажмуаси мос бўлган талабгорлар тест синовида иштирок этмайди.

Уларга тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома шаклантирилмайди ва улар ОТМларга кириш тест синовида тўплаган бали билан танловда иштирок этади.

@TEXNIKUMLAR
9.1K viewsedited  05:06
Ochish/sharhlash
2022-10-01 08:38:00 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.

Batafsil ma'lumot

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
7.6K views05:38
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:55:22 Ma'lumot sifatida: Abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun ruxsatnomalarni Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

@TEXNIKUMLAR
7.9K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:52:31 Маълумотларга қараганда Профессионал таълим муассасаларида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун Давлат тест маркази томонидан тест синовлари жорий йилнинг 3-8 октябрь кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилмоқда. Аниқ маълумотларни Давлат тест маркази ва…
5.3K views15:52
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:51:54 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.3K views15:51
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:35:37 DIQQAT!

2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.7K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-09-22 06:03:54 Маълумотларга қараганда Профессионал таълим муассасаларида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун Давлат тест маркази томонидан тест синовлари жорий йилнинг 3-8 октябрь кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилмоқда.

Аниқ маълумотларни Давлат тест маркази ва Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқлашини кутамиз. Албатта, бу саналарга ўзгартиришлар ҳам киритилиши мумкин.

@TEXNIKUMLAR
15.3K viewsedited  03:03
Ochish/sharhlash
2022-09-18 09:22:22
Мечтаете получить медицинское образование?

Мечтаете получить медицинское образование?

Не смогли поступить в высшее учебное заведение?

Всегда есть второй шанс!

EMU дарит возможность образования уже в этом году в ПЕРВОМ ЧАСТНОМ ТЕХНИКУМЕ COLLEGE of EMU. У Вас появилась возможность уже в этом году поступить к нам.

https://emuni.uz/ru/мечтаете-получить-медицинское-образ/

Тиббиёт соҳасида таълим олишни орзу қиласизми?

Олий ўқув юртига ўқишга кира олмадингизми?

Ҳар доим иккинчи имконият бор!

EMU сизга шу йилнинг ўзида БИРИНЧИ ХУСУСИЙ ТЕХНИКУМда таҳсил олиш имкониятини беради.

Instagram | Web-site | YouTube
15.4K views06:22
Ochish/sharhlash
2022-09-17 20:07:33 Техникумларга ҳужжат топширган абитуриентлар диққатига!!!

Рухсатнома бўйича янгиликлар бўлиши кутилмоқда. Тез орада маълумот берамиз.

@TEXNIKUMLAR
21.2K views17:07
Ochish/sharhlash
2022-09-11 12:57:34 Professional taʼlim tizimidagi sirtqi va kechki taʼlimning huquqiy asosi mustahkamlanadi !

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Professional taʼlim muassasalarida sirtqi va kechki taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra

Oʻquv semestri yakunigacha boʻlgan muddatda sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi;

Oʻquvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi;

Sirtqi va kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish oʻquvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;

Kechki taʼlimda oʻqish bir haftada 4-5 kundan iborat boʻladi.

@TEXNIKUMLAR
24.9K views09:57
Ochish/sharhlash