Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan akademik litseylarga ham qabul boshlanadi Bugun, 2 | Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Bugundan akademik litseylarga ham qabul boshlanadi

Bugun, 20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik liseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:

o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik liseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);

va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.

Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik lisey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR