Get Mystery Box with random crypto!

Техника факультети АРМ

Telegram kanalining logotibi texnikaelektronkutubxona — Техника факультети АРМ Т
Telegram kanalining logotibi texnikaelektronkutubxona — Техника факультети АРМ
Kanal manzili: @texnikaelektronkutubxona
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 543

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-27 07:10:11
"Jaziramadagi odamlar"
Luqmon Bo'rixon
Istedodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani. Unda ovloq cho'l quyidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi. Romanning bosh qahramoni Lolaxon. Taqdirning taqazosi bilan u ovloq joyga kelin bo'lib tushgan. Lolaxonning achiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat , hiyonat va nafrat kabi abadiy tuyg'ularni yozuvchi , o'ziga xos ravishda noyob tasvirlangan.
120 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:10:11
"Spitamen"
Maqsud Qoriyev
Dunyoni zabt etish hayoli bilan qo'liga qurol olib, qator mamlakatlarni egallagan Makedoniyalik Iskandar Sug'diyonaga qo'shin tortadi. Erkparvar sug'd sarkardasi Spitamen xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga boshlaydi. Yengilmas hisoblangan muntazam qo'shinlar ular bilan to'qnashuvda ko'p kuchini yo'qotadi. Natijada Iskandarning dunyoni egallash rejasi buziladi. Asarda o'zgalar yurtiga bostirib kelgan har qanday bosqinchi shunday zarbaga uchrashi qiziqarli voqealarda tasvir qilingan.
58 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:10:11
"Me'mor"
Mirmuhsin
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotining laureati Mirmuhsin Mirsaidov ushbu romanida o'tmish me'morlarining hayoti, beqiyos san'ati va o'sha zamon ziddiyatlarini tasvirlaydi.
Asarda nafaqat me'morchilik san'ati, balki o'sha davrdagi shohlar va shahzodalar orasida munosabat, avom xalqning qanchalar qiyin ahvolda ekanligi yorqin misollar bilan tasvirlab berilgan.
48 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:09:33


Agar sizga nimaga ega bo'layotganingiz yoqmasa, unda berayotganingizni o'zgartiring...

— Rumiy
50 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:09:33


Ey ko‘ngil, ehtiyot bo‘l, oxir zamon bu! Sevsang, vafo neligini, taqvo neligini biladiganlarni sev.

Suratlarga aldanma: hatto Iblis “MashaAlloh”, deb yuboradigan kibor qullar bor.

Ichiga Jannatni yashirgan vayron qullar bor...

— Rumiy
53 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:09:33
Сен тўймадинг, одамзод!

Тамагирни тортқилаб,
Нафси қўймас дейдилар.
Нокас ўзи тўйса ҳам,
Кўзи тўймас дейдилар.
Боқ бир ёруғ оламга —
Кимлар зўрга кун кўрар.
Одамлар бор, боғдаги
Булбулдан ҳам пул сўрар.
Ёлгон дунё — бу дунё,
Арзон дунё — бу дунё.
Нэ-нэ ҳоким, беклардан
Қолган дунё — бу дунё.
Киприкдан ҳам қисқадир
Молу дунё йўллари.
Ибрат бўлсин Искандар
Очиқ кетган қўллари!..
Узат дейсан, бер дейсан,
Ҳеч қўймадинг одамзод.
Туя тўйди, фил тўйди,
Сен тўймадинг, одамзод.
Шукр қилар ҳаттоки
Қумурсқа-паррандалар.
Шукр дейсан сен қачон,
Хом сут эмган бандалар?..
Бу уч кунлик дунёда
Савлатинга керилма.
Қаср қурма, боғ қолдир,
Давлатингга керилма.
Ўз элингни қақшатсанг,
Хор бўласан ўзинг ҳам.
Бир кун шу эл меҳрига
Зор бўласан ўзинг ҳам!


Муҳаммад Юсуф
54 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:09:33
Гўё катта тандирдек,
Ловуллайди ер юзи.
Одамлар халлос уриб,
Панага олар ўзин.

Техника асри ахир,
Иссиқнинг чораси бор.
Турли хил совутгичлар,
Дўконда турар қатор.

Иссиқдан жон сақлаш-чун,
Топса бўлар ҳар нени.
Бугун бошқа хаёллар,
Безовта қилди мени.

Имкон борми ўтишга,
Охират саволидан?
Аллоҳ Ўзи асрасин,
Жаҳаннам оловидан.

Дилобар Ўролова
54 views04:09
Ochish/sharhlash