Get Mystery Box with random crypto!

Техника факультети АРМ

Telegram kanalining logotibi texnikaelektronkutubxona — Техника факультети АРМ Т
Telegram kanalining logotibi texnikaelektronkutubxona — Техника факультети АРМ
Kanal manzili: @texnikaelektronkutubxona
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 543

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-07-23 03:58:58
Audio kitob
Elektron kitob havola
Audio nomi: "Farg‘ona kelini"
Muallif: Jo‘rjiy Zaydon
Qismlar soni: 3 ta
Janr: Roman
Hajmi: 662.2 MB
Davomiyligi: 12:03:07
Manba: "San'at gulshani"
Jo‘rjiy Zaydonning IX asrda arab xalifaligida, xususan Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan voqealarga bag‘ishlangan “Farg‘ona kelini” romani arab va dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tarjima qilinib, juda ko‘p marta nashr etilgan. Bu asar birinchi marta arabchadan o‘zbekchaga tarjimon Shoikrom Shoislomov tomonidan tarjima qilinib, o‘quvchiga taqdim etilmoqda.
42 views00:58
Ochish/sharhlash
2022-07-23 03:53:48
Alloh bir narsani kechiktirsa ...
45 views00:53
Ochish/sharhlash
2022-07-23 03:53:48 Mardikor

"Hovlida ozgina ish bor edi, vaqt topolmay mardikor olib keladigan boʻldim. Ular toʻplanadigan joyga borib mashinani toʻxtatgandim, 20-30 tasi birdan yopirildi.

Kuniga sakson mingdan chiqaman, nima ish boʻlsayam qilaveraman, dedi bir yigit.
Uning koʻzlaridagi qandaydir mung meni faqat shu yigitni olib ketishga undadi.

Odamzot qiziq, oʻzi 100 minglarni chamalab kelayotgan edim. Shunday boʻlsa-da, tortishdim:
— 60 ming beraman, gap tamom!

U bir muddat jim turdi-yu mashinaga oʻtirdi.
Uyga kelib kiyimlarini almashtirdi-da, ishni boshladi.

Yarim soatlar oʻtgach bonkada sovuq choy olib, uning kiyimlari yoniga qoʻyayotganimda bir yozuv daftarchasiga koʻzim tushdi.

Husnixatning chiroyliligi eʼtiborimni tortdi. Unda "20.07.20. Ishim yaxshi boʻlsa, oyimga 20 ming, singlimga 20 ming, uyga 20 ming, mayda-chuydaga 20 ming deb" yozilgan.

Lekin negadir “uyga 20 ming” degan yozuv ustiga chiziq tortilgan.

Demak, bu kela kelguncha mendan oladigan pulini hisob-kitob qilgan. 60 mingga koʻnmasa, ishsiz qolishini oʻylab, aytganimga rozi boʻlgan. Keyin oladigan pulining uyga ishlatadigan qismini oʻchirgan.

Odamlar bor, jaraq-jaraq pul topadi, ammo singlisi yo opasi tugul tuqqan onasini ham bir yoʻqlamaydi.

Akalik, ukalik, farzandlik burchini unutib qoʻygan baʼzilar esa davralarda hech kimga gap bermaydi, lekin surishtirsang nechta aka-ukasi borligini, oxirgi marotaba qachon dildan suhbat qilganini ham esidan chiqargan boʻladi.

Shular haqida oʻylarkanman, halol mehnati bilan topadigan puli arzimas boʻlsa ham oqibatni unutmagan mardikor yigitga qoyil qoldim.

Qoyil qolish bilan qorin toʻyarmidi?

Ishni tugatgach, ukamizga juda yaxshi ishladingiz, hovlimni gulday qilib qoʻydingiz, rahmat, deb ikki hissa pul berdim. U avvaliga unamadi.

Endi faqat sizni opkelaman, qoʻlingiz gul ekan, deganimdan soʻng rozi boʻldi, chehrasidagi mung tarqaganday boʻldi. Va duo qildi.


Qalbi sof, halol, sodda odamlarning bunday duolaridan keyin yayrab yashaysan..."

Maqsud Jonixonov.
50 views00:53
Ochish/sharhlash
2022-07-23 03:53:48
Allasiga alishmasman dunyoni.....

Abdullo Baxramov
53 views00:53
Ochish/sharhlash
2022-07-23 03:53:48


Mendan, seni sevganim haqida dalil istama!
Zero qalbdan qalbga yo‘l bor. Sen, o‘z qalbingga boq!
Agar sen meni sevsang, demak men ham seni sevaman.

— Rumiy
53 views00:53
Ochish/sharhlash
2022-07-22 07:11:54
"Kunbotardagi bog‘"
Shoyim Bo‘taev
Qissa va hikoyalarda insonning qalb kechinmalari, quvonchu qayg‘ulari zamon va makon chegarasiga
sig‘maydigan abadiy hodisalar sirasiga kirishi o‘ziga xos tasvirlangan. Kitobni o‘qib chiqqach, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.
86 views04:11
Ochish/sharhlash
2022-07-22 07:11:54
"Mehmonnoma"
Karim Mahmudov
Mehmondo‘stlik o‘z nomi bilan do‘stlashish demakdir. Odamlarning inoq-ittifoq, ulfat, do‘st, birodar bo‘lishlari mehmonnavozlik an’anasi orqali shakllanadi. O‘zbek farzand ko‘rsa ham, uylansa ham, boshiga musibat tushsa ham dasturxon yozadi. Shunday ekan, bizda asrlardan buyon an’ana tusiga kirib kelayotgan izdahomlarimiz juda ko‘p: qizlar majlisi, nikoh to‘yi, kelinchak qo‘lidan choy, chorlar, beshik to‘y, gap-gashtak, sumalak sayli, guli surh, anor bazmi, qorxat, tug‘ilgan kunni nishonlash, tillo to‘y...
Shunday izdahomlarda mehmonlarni kutib olish, taomlarni tayyorlash, dasturxon tuzash san’ati-sirlari, eng muhimi, mehmon va mezbon o‘zini qanday tutishi haqidagi xalq taomillarini muallif Karim Mahmudov atroflicha o‘rgandi. Ana shu izlanishlar samarasi bo‘lmish “Mehmonnoma” kitobi mehmonnavoz insonlarga maslahatchi vazifasini o‘taydi, deb umid qilamiz."
66 views04:11
Ochish/sharhlash
2022-07-22 07:11:54 ​#magic_book
29 views04:11
Ochish/sharhlash