Get Mystery Box with random crypto!

TerminUz

Telegram kanalining logotibi terminuz — TerminUz T
Telegram kanalining logotibi terminuz — TerminUz
Kanal manzili: @terminuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

• #TerminUz - qiyin terminlar tushunarli tilda!
❗ Kanaldan ma'lumot olinganda manba koʻrsatilishi shart! ©

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-11-13 13:13:08 ​​Push

Internet orqali yuborilgan ma'lumotlarni tavsiflash uchun tez-tez ishlatiladi. Mijozning kompyuteriga ma'lumotni mijoz so'ramagan holda xabar yuborish harakati.

Masalan: ish stolingizga moslashtirilgan yangiliklarni etkazib beradigan obuna xizmati.

Push bildirishnomalar yuborilishi uchun avval siz bunga rozilik berishingiz kerak. Turli xil saytlarga tashrif buyurganingizda sizdan push bildirishnomalarni yuborish uchun sizdan ruxsat soʻraydi. Agar siz rozilik bersangiz sizga koʻpincha spam reklamalarni yuboradi.

@TerminUz - qiyin terminlar tushunarli tilda!
1.3K views10:13
Ochish/sharhlash
2020-11-11 15:08:45 ​​Tayanch stansiya
ingl: base station
rus: базовая станция


Foydalanuvchilarning tizimlari bevosita aloqa qiladigan axborot tizimlari.

Ular radio tarmoqlarining muhim
bo‘lagidir. Yer usti stansiyalar yerning yuzida joylashadi
(binolar ustida, machtalarda va h.k.).

Sun’iy yo‘ldosh radio tarmoqlarida
stansiyalar sun’iy aloqa yo‘ldoshlarida joylashadi.

@TerminUz – qiyin terminlar tushunarli tilda!
1.1K views12:08
Ochish/sharhlash
2020-11-07 11:01:00 ​​Veb-xosting
ing: web-hosting
rus: веб-хостинг


Veb-xosting – bu sizning veb-saytingizni yoki veb-ilovangizni Internetda nashr etishingizga imkon beradigan onlayn xizmat.

Foydalanuvchi veb-sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash.

«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan. Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin.

Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga e’tibor berish lozim:

1. Disk hajmi;
2. Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);
3. Fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish;
4. Standart skriptlar to‘plami;
5. Server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi);
6. Serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi;
7. Shell dan foydalanish;
8. .htaccess fayli orqali serverni konfigurasiyalash mumkinligi;
9. Log-fayllardan foydalanish;
10. Uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil);
11. Bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash;
12. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash

@TerminUz – qiyin terminlar tushunarli tilda!
1.3K views08:01
Ochish/sharhlash
2020-11-07 09:59:04 Dasturlashga oid masalalar yechish uchun saytlar
#sayt #dasturlash

leetcode.com
hackerrank.com
codechef.com
acmp.ru
codeforces.com
robocontest.uz

Aʼzo boʻling @soatmurot
903 views06:59
Ochish/sharhlash
2020-11-05 17:14:30 Soxta elektron pochta

Elektron pochtangizga siz qachonlardur kirgan saytlaringizdan har kuni turli xil spam xabarlar kelaverishini oldini olish uchun tez-tez asosiy e-pochtadan foydalanavermang!

Siz uchun yangi boʻlgan yoki bor yoʻgʻi bir marta foydalanadigan saytlarda roʻyxatdan oʻtishda soxta, mavjud boʻlmagan pochtadan foydalaning. Bu bilan siz oʻzingizning asosiy pochtangizni spamlardan himoya qilishingiz mumkin!

Soxta pochta @fakemailbot

Yangi pochtaga ega boʻlishingiz uchun: /generate buyrugʻini botga yuborishingiz yetarli.

Yaqinlaringni taklif qiling @soatmurot
1.1K views14:14
Ochish/sharhlash
2020-11-01 15:30:51 IT'ga aloqador barchasi bitta saytda

Havola.uz - foydalanuvchilarni axborot texnologiyalariga oid sohalar bilan tanishtirish, dasturlashga oid bilimlarni egallash va tajriba oshirishga yordam beradigan manbalarni taqdim etish, hamda ochiq manbali yoki shaxsiy loyihalarni ulashish va qoʻshimcha qulayliklar uchun yaratilgan.

Siz ushbu saytda quyidagilarni topishingiz mumkin:

• Manbalar – ITga oid bilimlarga ega bo'lish va tajriba oshirish uchun manbalar

• Sohalar – ITning eng muhim hamda talabgir sohalari va yo'nalishlari

• Maʼlumotlar – IT va dasturlashga oid eng sara ma'lumotlar, tavsiyalar va tajribalar

• va boshqa foydali maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

#info #sayt

Aʼzo boʻling @soatmurot
1.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2020-10-31 14:36:09 ​​Kuki
ingl: cookies
rus: куки


Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat ma’lumotlar (katta bo‘lmagan blok).

Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi.

Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati ma’lumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir.

@TerminUz – qiyin terminlar tushunarli tilda!
1.1K views11:36
Ochish/sharhlash
2020-10-28 20:06:33 MIUI 11 ajoyib qoʻshimcha

Bir oycha avval telefonimga yangilanish keldi. Yangilanishdan keyin yangi ilova: Mi Mover ham paydo boʻldi. Odatda qoʻshilgan barcha yangiliklarni tez sinab koʻrsam ham, nimagadur bu safar bu ilovaga kechroq toʻxtaldim. Keling sizga shu ilova haqida aytib beraman.

Mi MoverXiaomi tomonidan ishlab chiqarilgan dastur boʻlib, MIUI 11 dan boshlab telefonlarga majburan qoʻshilgan va oʻchirib boʻlmaydigan dastur. Baʼzi manbalarda bu ilova boshqa kompaniyalar smartfonlariga ham qoʻshilgani haqida yozishgan ekan. Lekin, menda Samsung kompaniyasining smartfonida bu oʻxshamadi.

Koʻpchilikka maʼlum, eski iPhone'dagi barcha maʼlumotlarini yangi iPhone smartfoniga oʻtkazish funksiyasi avvaldan mavjud edi. Endi esa, huddi shu vazifani bajaruvchi ilova Redmii smartfonlarida mavjud.

Mi Mover orqali eski smartfoninggizdagi barcha media-fayllar bilan barcha ilova sozlanmalarni ham birga oʻtkazishingiz mumkin.

P.S. Ilova juda sodda va tushunarli interfeysga ega boʻlganiligi uchun undan foydalanish hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Xullas, Redmi'chilar uchun ajoyib yangilik.

Aʼzo boʻling @soatmurot
1.2K views17:06
Ochish/sharhlash
2020-10-23 08:33:14 ​​AMD

Kompyuter tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. AMD kompaniyasi AQSHda (Sanniveyl sh.) 1969 yilda yaratilgan.

AMD protsessorlar, flesh-xotira qurilmalari, dasturlashtiriluvchi mantiqiy matrisalar, mikrokontrollerlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Asos solingan yil: 1969
Joylashuvi: AQSH: Sanniveyl,
Kaliforniya

Muhim shaxslar: Dirk Meyer, CEO
Soha: Yarimo‘tkazgich asboblar
Veb-sayt: www.amd.com

@TerminUz – qiyin terminlar tushunarli tilda!
1.3K views05:33
Ochish/sharhlash
2020-10-22 19:51:53 Mesenjerlarni solishtirib koʻramiz!

Telegram, WhatsApp, Imo, Skype va Yandeks.Messenger'larning baʼzi xususiyatlarini solishtirib koʻramiz!

Batafsil oʻqish

https://t.me/soatmurot/17
1.1K viewsedited  16:51
Ochish/sharhlash