Get Mystery Box with random crypto!

MIUI 11 ajoyib qoʻshimcha Bir oycha avval telefonimga yangila | TerminUz

MIUI 11 ajoyib qoʻshimcha

Bir oycha avval telefonimga yangilanish keldi. Yangilanishdan keyin yangi ilova: Mi Mover ham paydo boʻldi. Odatda qoʻshilgan barcha yangiliklarni tez sinab koʻrsam ham, nimagadur bu safar bu ilovaga kechroq toʻxtaldim. Keling sizga shu ilova haqida aytib beraman.

Mi MoverXiaomi tomonidan ishlab chiqarilgan dastur boʻlib, MIUI 11 dan boshlab telefonlarga majburan qoʻshilgan va oʻchirib boʻlmaydigan dastur. Baʼzi manbalarda bu ilova boshqa kompaniyalar smartfonlariga ham qoʻshilgani haqida yozishgan ekan. Lekin, menda Samsung kompaniyasining smartfonida bu oʻxshamadi.

Koʻpchilikka maʼlum, eski iPhone'dagi barcha maʼlumotlarini yangi iPhone smartfoniga oʻtkazish funksiyasi avvaldan mavjud edi. Endi esa, huddi shu vazifani bajaruvchi ilova Redmii smartfonlarida mavjud.

Mi Mover orqali eski smartfoninggizdagi barcha media-fayllar bilan barcha ilova sozlanmalarni ham birga oʻtkazishingiz mumkin.

P.S. Ilova juda sodda va tushunarli interfeysga ega boʻlganiligi uchun undan foydalanish hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Xullas, Redmi'chilar uchun ajoyib yangilik.

Aʼzo boʻling @soatmurot