Get Mystery Box with random crypto!

​​Veb-xosting ing: web-hosting rus: веб-хостинг Veb-xostin | TerminUz

​​Veb-xosting
ing: web-hosting
rus: веб-хостинг


Veb-xosting – bu sizning veb-saytingizni yoki veb-ilovangizni Internetda nashr etishingizga imkon beradigan onlayn xizmat.

Foydalanuvchi veb-sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash.

«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan. Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin.

Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga e’tibor berish lozim:

1. Disk hajmi;
2. Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);
3. Fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish;
4. Standart skriptlar to‘plami;
5. Server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi);
6. Serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi;
7. Shell dan foydalanish;
8. .htaccess fayli orqali serverni konfigurasiyalash mumkinligi;
9. Log-fayllardan foydalanish;
10. Uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil);
11. Bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash;
12. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash

@TerminUz – qiyin terminlar tushunarli tilda!