Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rektori A.Maraximov

Telegram kanalining logotibi terdu_rektori_a_maraximov — TerDU rektori A.Maraximov T
Telegram kanalining logotibi terdu_rektori_a_maraximov — TerDU rektori A.Maraximov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.23K
Kanalning ta’rifi

Termiz davlat universiteti rektori MARAXIMOV AVAZJON RAXIMOVICH
Termiz davlat universiteti rektorining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tahliliy telegram kanaliga xush kelibsiz!
Rektorga murojaat yo’llang: @TerDU_rektori_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-12-16 18:34:48
#qutlov

DSc ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti doktoranti, kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kasimov Sherzod Abduzairovichni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.К.01.03 raqamli ilmiy kengashida 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari) ixtisosligi boʻyicha “Tarkibida azot, fosfor, kislorod bo‘lgan ligandlar sintezi va ularning ba’zi d-metallar bilan koordinatsion birikmalari” mavzusidagi kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Sherzod Abduzairovichni ushbu yutug'i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
1.8K views15:34
Ochish/sharhlash
2021-12-16 16:24:13
#TerDU

Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetidagi ta'lim jarayoni, talabalarning erishayotgan yutuqlari, amaliy mashg‘ulotlar to‘g‘risida Surxondaryo televideniyesining "MAXSUS REPORTAJ" ko‘rsatuvi orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!


https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
1.9K viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:23:36 ​#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.6K views16:23
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:23:36 ​#Талабага_енгиллик

ДИҚҚАТ! МУҲИМ

Тўлов-контракт маблағларини тўлаш муддати 2021 йилнинг 31 декабрига қадар узайтирилди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2021 йил 15 декабрдаги 10-сонли қарорига мувофиқ 2021/2022 ўқув йилида олий таълим муассасалари бакалавриати ва магистратурасига тўлов-контракт, шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар, ўқиши кўчирилган (кўчириб тикланган) ва қайта тикланган талабалар ўқиши учун тўлов ҳақини ўтказиш ҳамда талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати 2021 йилнинг 31 декабри этиб белгиланди.

Шунингдек, Коронавирус инфекциясига қарши 2021 йилнинг 15 ноябрига қадар тўлиқ эмланган (вакцина олган), лекин эмланганлик тўғрисидаги сертификатни белгиланган муддатдан кечикиб олий таълим муассасасига тақдим этган (этаётган) абитуриентлар ва талабаларга тўлов-контракт суммасини тўлашда бир марталик 10 фоизли чегирмани қўллашга рухсат берилди.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.5K views16:23
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:47:33 ​#BILASIZMI

Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (1.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 715 ta professional taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Kasb-hunar maktabi — 339 ta;
Kollej — 162 ta;
Texnikum — 213 ta;
Texnikum filiali — 1 ta.

Tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan professional taʼlim muassasalari:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 339 ta kasb-hunar maktablari, 83 ta texnikum, 1 tа texnikum filiali;
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 27 ta kollej, 47 ta texnikum;
Suv xo‘jaligi vazirligi — 9 ta kollej;
Qurilish vazirligi — 3 ta kollej, 12 ta texnikum;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1 ta kollej;
Maktabgacha ta’lim vazirligi — 96 ta kollej;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 18 ta texnikum;
Adliya vazirligi — 14 ta texnikum;
Transport vazirligi — 1 ta kollej, 11 ta texnikum;
Turizm va sport vazirligi — 8 ta kollej, 3 ta texnikum;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 14 ta texnikum;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 ta kollej;
Energetika vazirligi — 2 ta kollej;
Davlat soliq qo‘mitasi — 3 ta texnikum;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 4 ta texnikum;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 1 ta texnikum;
Gidrometeorologiya xizmati markazi — 1 ta texnikum;
Kadastr agentligi — 1 ta kollej;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — 2 ta kollej;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 3 ta kollej;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta texnikum;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 1 ta kollej;
“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ — 1 ta kollej;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi — 1 ta kollej;
“O‘zkimyosanoat” AJ — 2 ta kollej;
“O‘zbekneftgaz” AJ — 2 ta kollej;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — 1 ta kollej.

Kasb-hunar maktablari roʻyxati pdf shaklda.
Kollejlar roʻyxati pdf shaklda.
Texnikumlar roʻyxati pdf shaklda.

Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy professional taʼlim muassasalari kiritilmagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.5K views12:47
Ochish/sharhlash
2021-12-15 06:26:58
#TerDU #Attestatsiya

Termiz davlat universiteti navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda

Mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi, oliy taʼlim muassasasining moddiy texnik bazasi, tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1140/


https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
2.3K views03:26
Ochish/sharhlash
2021-12-08 10:23:11
4.4K views07:23
Ochish/sharhlash
2021-12-08 06:09:56
#TerDU
#Konstitutsiyaning29yilligi
#Konstitutsiyabaxtimizqomusi

TerDU Talaba-yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan 8- dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Kanalga ulanish: https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
4.1K viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash
2021-12-07 16:33:25
#Konstitutsiyabaxtimizqomusi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 29 YILLIGIGA BAGʻISHLANGAN DAVRA SUHBATI

Joriy yilning 7 dekabrida Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – hayotimizning huquqiy asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Davra suhbatini yuridik fakulteti dekani, yu.f.d. J.Xolmo‘minov ochib berdi.
So‘ngra viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Rahmatov, TerDU dosenti N.Yangiboyev, yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi N.Xo‘shboqovalar ma’ruzalar qilishdi. Davra suhbati qizg‘in bahs, munozara, savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish: https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
3.4K views13:33
Ochish/sharhlash
2021-12-07 15:46:05
#Konstitutsiyaning29yilligi
#Konstitutsiyabaxtimizqomusi

8- dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan TerDU yuridik fakulteti dekani, y.f.d. J.Xolmo‘minov Surxondaryo televideniyesida intervyu berdi.

Kanalga ulanish: https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
2.7K viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash