Get Mystery Box with random crypto!

​#BILASIZMI Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassas | TerDU rektori A.Maraximov

​#BILASIZMI

Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (1.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 715 ta professional taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Kasb-hunar maktabi — 339 ta;
Kollej — 162 ta;
Texnikum — 213 ta;
Texnikum filiali — 1 ta.

Tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan professional taʼlim muassasalari:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 339 ta kasb-hunar maktablari, 83 ta texnikum, 1 tа texnikum filiali;
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 27 ta kollej, 47 ta texnikum;
Suv xo‘jaligi vazirligi — 9 ta kollej;
Qurilish vazirligi — 3 ta kollej, 12 ta texnikum;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1 ta kollej;
Maktabgacha ta’lim vazirligi — 96 ta kollej;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 18 ta texnikum;
Adliya vazirligi — 14 ta texnikum;
Transport vazirligi — 1 ta kollej, 11 ta texnikum;
Turizm va sport vazirligi — 8 ta kollej, 3 ta texnikum;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 14 ta texnikum;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 ta kollej;
Energetika vazirligi — 2 ta kollej;
Davlat soliq qo‘mitasi — 3 ta texnikum;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 4 ta texnikum;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 1 ta texnikum;
Gidrometeorologiya xizmati markazi — 1 ta texnikum;
Kadastr agentligi — 1 ta kollej;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — 2 ta kollej;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 3 ta kollej;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta texnikum;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 1 ta kollej;
“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ — 1 ta kollej;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi — 1 ta kollej;
“O‘zkimyosanoat” AJ — 2 ta kollej;
“O‘zbekneftgaz” AJ — 2 ta kollej;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — 1 ta kollej.

Kasb-hunar maktablari roʻyxati pdf shaklda.
Kollejlar roʻyxati pdf shaklda.
Texnikumlar roʻyxati pdf shaklda.

Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy professional taʼlim muassasalari kiritilmagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube