Get Mystery Box with random crypto!

Tanishing! Yangi monopoliya. #инсонқадри #мурожаат #tahrirsiz | TentakMinds

Tanishing! Yangi monopoliya.

#инсонқадри #мурожаат #tahrirsiz

Assalomu alaykum. Murojaat mazmuni shundan iboratki, yangi sotib olingan avtomobilga avtoraqam olish uchun Toshkent shahar Chilonzor tumani hududiy IIB avtoinspektsiya bo'limiga borganimda mashinalarga raqamlar kelmayotgani va oddiy raqam olish ilojsiz ekanligini buning o'rniga faqatgina auksion savdolaridan qaytgan pulli avtoraqam olishim mumkinligini aytishdi.

Pulli avtoraqamlarning ham faqat 1.500.000 so'mdan boshlanadiganlarigina qolgan ekan.
Shu yerdagi xizmat olib borayotgan xodimlardan bu vaziyatda nima yechim bo'lishini qimmat raqam olishni xoxlamaganlar uchun oddiy raqamlar kelgunigacha qandaydir ruxsatnoma yozib beriladimi yoki yo'qligini so'raganimda bunday ruxsatnoma yozib berilmasligi va raqam kelguncha mashina haydalmasligini aytishdi.

Shu joyida savol tug'iladi nima endi qimmat pulga raqam olishni xoxlamaganlar IIB aybi uchun, raqam yetqazib berolmagani uchun mashina haydamasligi kerakmi?

Surishtirib bilishimcha taxminan 10 kundan beri shahar bo'ylab raqamlar yo'q ekan. Nima bu o'tmagan pulli raqamlarini majburlab o'tqazish uchun o'ylab topilgan sxemami? Tanlov yo'qligi sababli puliga arzimaydigan mashinani qimmatiga olib endi qandaydir raqamni ham qimmat pulga olishi kerakmi xalq?

@tentakminds

P.S. IIV dan izoh kutMaYmiz. (Ular bunaqa mayda gaplarga izoh bermaydiyam)