Get Mystery Box with random crypto!

Teamwork.uz (фриланс площадка)

Telegram kanalining logotibi teamwork_uz — Teamwork.uz (фриланс площадка) T
Telegram kanalining logotibi teamwork_uz — Teamwork.uz (фриланс площадка)
Kanal manzili: @teamwork_uz
Toifalar: Biznes , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.85K
Kanalning ta’rifi

Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.
Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz
Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-02 12:20:33 Buyurtma №762 — #aktiv
Mavzu: Damas uchun dizayn qilish kerak
Vazifa: “MISH-MISH” reklama agentligi yo‘nalishli transportlar orqali kompaniyalarning reklamarini shahar bo‘ylab reklama qiladi. Bu turdagi reklamalar “mobil reklama”lar deyiladi.

Faoliyatimiz: Biznes egalariga faoliyatlari, xizmat yoki mahsulotlarini turli avtomashinalarga yopishtirish orqali ommalashtirish.

Brendingimiz: https://drive.google.com/file/d/1cwsh6VFlgMk3vhZ5oONR4Fx7bBKJ8gaP/view?usp=sharing.

O'zimizga dizayn qilishdan maqsad: Faoliyatimizni damas avtomashinasiga o'rnatish ya'ni yopishtirish orqali o'z xizmatlarimizni ommalashtirish va boshqalarni ham bu yechimga undash.
Talablar: Na'munadagilardan yaxshiroq bo'lishi, logodagi ranglardan foydalanish ixtiyoriy boshqa ranglardan foydalansa ham bo'ladi. Damasda foydalaniladigan so'z: Sizning reklamangiz.

Muddati: 3-4 soat, tezkor
Narxi: 150000 so'm
Buyurtmaga taklif yuborish uchun bosing

#dizayn #qadoqlashdizayni
1.5K views09:20
Ochish/sharhlash
2022-12-31 19:46:25 Buyurtma №759 — #aktiv (#tolovnikafolatlash)
Mavzu: Universitetga recommendation letter yozishda yordam kerak
Vazifa: Maktab o'qituvchisi nomidan maktab o'quvchisiga ya'ni u haqida Universitetga kirish uchun Ingliz tilida recommendation letter ya'ni tavsiya xati yozish kerak, lekin ozgina e'tibor bilan yozish kerak top universitet. Bir martta yozdirib ham ko'rdim yoqmadi. Mutaxassis chunarli, e'tibor bilan yozish kerak. Tayyor qolibga sob qoymasdan yozsa, keyin oldin yozib yurgan qande yozishshi bilsa yaxshi bo'lardi..
Muddati: 1 kun
Narxi: 150000 so'm
Buyurtmaga taklif yuborish uchun bosing

#matnlarbilanishlash #chettilidamatntayyorlash #english
1.7K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-12-31 13:55:43 #"Motvatsya"

Shamshodbek ajoyib odam. Doim ishlarni kechiktirib yuradi. Dushanbadagi ishni dam olish kuniga, yakshanbadagi ishni payshanbaga qoldiradi. Biror marta aytilgan joyga vaqtida kelgan emas. Uchrashuvlarga doim kechikib keladi, qolganlarni vaqtiga achinmaydi.
Har yili yangi yildan o'zgaraman deb qo'yadi o'ziga-o'zi. Mana 2023-yildan fitnesga chiqmoqchi, yangi kasb o'rganaman deb turibdi. Shaxsiy rivojlanaman bir tom kitob olib qo'ygan, chang bosib yotibdi.
Biror yordamga chaqirilganda vaqtim yo'q deb qo'yadi, kun bo'yi instagramu tik-toklarda qirchang'i ayollarni kuzatish bilan band.

Shamshodbekni 2023-yildan umidlari katta. Bu yil u albatta o'zgarmoqchi. Avvalgi yillar kabi. Ayyubxon Farg'oniy

P.S: DOTA, Mobile Legends, Counter Strike jonu dili, Pul topishga vaqti yo'q. Kerak bo'lsa uhlamaydi ham.

Sizchi keyingi yilga qanday rejalar tuzdingiz? Yangi yilga katta reja qiladigan tanishlarga yuborib qo'ying. "Motvatsya" bo'lsin.


@teamwork_uz
2.2K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2022-12-31 08:48:08 MANTIQ VA SABAB..

“Kennedi” kosmik kemasining yon tomonlarida ikkita kengligi 5 futlik dvigatel o‘rnatilgan edi. Kema dizaynerlari ushbu dvigatellarni yanada kengroq qilishni xohlashardi, ammo bu imkonsiz edi.

-NEGA?

Gap shundaki, kemaning turli qismlarini yig‘ish joyiga temir yo‘l orqali tashish kerak edi.

Tog‘dagi tunnelning torligi tufayli. Temir yo‘l oralig‘i standarti: 4 fut 8,5 dyuym. Shuning uchun dvigatellarni faqat 5 fut kengligida yasash mumkin edi, aks holda, ularni bu yo‘l bo‘ylab olib o‘tish mumkin emas edi.

- Nima uchun standart temir yo‘l oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym? Bu raqam qayerdan paydo bo‘lgan?

-Maʼlum bo‘lishicha, shtatlarda temir yo‘llar ingliz standartlari asosida qurilgan, Angliyada esa relslar orasidagi masofa 4 fut 8,5 dyuymni tashkil qiladi.

-Lekin nima uchun?

-Chunki, Angliyada dastlabki poyezdlar shaxta vagonlarini ishlab chiqaradigan zavodda ishlab chiqarilgan. Va eng katta vagonning o‘qi uzunligi 4 fut 8,5 dyuym edi.

-Nega o‘q uzunligi 4 fut 8,5 dyuym?

-Chunki, bu o‘q uzunligi ingliz etapli vagonlari uchun standart edi. O‘q uzunligi shunday tanlagandiki, ularning g‘ildiraklari kamroq eskiradi.

-NEGA?

- Chunki, Angliya bo‘ylab trek oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym.

-Nega trek oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym?

-Chunki Buyuk Britaniyadagi birinchi yo‘llarni rimliklar, to‘g‘rirog‘i, ularning jang aravalari yotqizgan. Va standart Rim aravasining o‘qi uzunligi 4 fut 8,5 dyuym.

-Nega rimliklar o‘z aravalarining o‘qlarini aynan shu uzunlikda yasashga qaror qilishdi?

- Sababi: bunday aravaga odatda ikkita ot bog‘langan. 4 fut 8,5 dyuym esa ikkita ot ketining o‘rtacha kattaligi edi.

Binobarin, inson kosmosga chiqqanidan keyin ham, uning eng yuqori texnik yutuqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2000-yil oldingi ot ketining o‘lchamiga bog‘liq.

Kuchirildi.....

@teamwork_uz
3.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2022-12-28 19:11:05 Zamonaviy odam har daqiqada Internetda ma'lumot oladi, hayotidagi voqealar bilan o'rtoqlashadi, shu bilan birga juda ko'p yuklab olishlar, ko'rishlar, xabarlar va onlayn xaridlarni amalga oshiradi.
LocaliQ marketing platformasi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi bir yil ichida onlayn kontent iste'moli 30% ga oshdi.
Xo'sh, 2022 yilda statistika qanday ko'rinadi? Har 60 soniyada Internetda nima sodir bo'ldi?
Joriy yilda bir daqiqa ichida tarmoqda quyidagi voqealar sodir bo'ldi:
Netflix-da 452 ming soat tomosha qilindi;
Instagram foydalanuvchilari tomonidan 66 ming post;
2,1 million Facebook xitlar;
Facebookda 44 million oqim ko'rish;
3,6 million YouTube videoxosting kontenti ko'rilgan;
231 million elektron xat yuborildi;
TikTok foydalanuvchilari tomonidan 167 million video ko'rilgan;
LinkedIn’ga 20,8 ming tashrif;
6 million onlayn xaridlar;
16,2 million SMS yuborildi;
AppStore va Google play orqali 174 ming ilovalarni yuklab olish;
Yelp veb-saytida 4000 marta ko'rilgan xizmatlar;
Snapchat-da yaratilgan 2 million yuborilgan tezkor xabarlar;
Pinterest-da 46k qidiruv so'rovlari;
Twitterda yuborilgan 575 000 tvit;
12,5 ming kishi onlayn rideshering xizmatlaridan foydalangan;
5,9 million Google qidiruvi;
AQShda 694 million qo'shiq efirga uzatildi.
Pr.uz facebook sahifasidan olindi.
@teamwork_uz
1.5K views16:11
Ochish/sharhlash
2022-12-28 17:09:29
Flutter dasturchisi bo'lmoqchilar uchun 10ta joy!

G'oyalarni ilovalarga aylantirishning ko'plab usullari mavjud. Bir yo'li - bu Flutter.

Flutterni o'rganish orqali siz bitta kod bilan 5 yo'nalishni o’zlashtirishingiz mumkin.
- IOS
- MacOs
- Android
- Windows
- Web

Aslida Flutter Google tomonidan yaratilgan framework hisoblanadi.

- 62ta bepul demo darslar va 400dan ortiq asosiy darslar. 12dan ortiq dars davomida portfolio uchun yaratiladigan dasturlar.

- Boshlang'ich darajadan Junior darajagacha.

Darslarga qiziqgan bo'lsangiz veb sahifamiz orqali ro’yxatdan o’ting.
http://flutterwithakmaljon.uz/

Reklama
982 viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:37:02 Inson mehnat bilan belgilanadi.

Siz uxlayotganingizda, vaqt o'tadi. Siz ovqatlanayotganingizda, vaqt tugayapti. Cheksangiz, vaqt o'tadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bo'lganingizda, vaqt o'tadi. Qanday qilib pul ishlash haqida o'ylayotganingizda, vaqt tugayapti. Siz telefonda qiz bilan gaplashayotganingizda, vaqt o'tmoqda.
Yil bir oyga o'xshaydi, oy bir haftaga o'xshaydi, hafta bir soatga o'xshaydi, soat bir daqiqaga o'xshaydi, bir daqiqa miltillovchiga o'xshaydi. Bu sizning vaqtingiz tugashini va hech qachon qaytib kelmasligini anglatadi. Hayotimizning asosiy valyutasi - bu vaqt!
- Risk haqida o'ylayotganingizda - kimdir tavakkal qiladi va muvaffaqiyatga erishadi;
- siz qaror qabul qilish haqida o'ylayotganingizda - kimdir o'z qarorini qabul qiladi va muvaffaqiyatga erishadi;
- kimgadir ishlayotganingizda, o'zingiznikini emas, birovning hayotini tartibga solayapsiz;
- har xil romantik bema'ni narsalarni o'qiyotganingizda - kimdir foydali o'qiydi va o'sadi;
- siz bema'ni ssenariy yozayotganingizda, kimdir yaxshi yozyapti;
- siz foydasiz ishlar bilan shug'ullanayotganingizda - kimdir foydali ishlar bilan shug'ullanadi.
Har kuni ba'zi odamlar sizni hafsalasi pir bo'lishi mumkin - ularni unuting, ularni yuragingizga olmang, bu diqqatni shu narsaga qaratadi va foydali narsalar haqida o'ylashga imkon bermaydi!
Har kuni yangi muammoga duch kelishingiz mumkin - kuchli bo'ling!
Har kuni sizni katta pul haqida o'ylash mumkin - bu haqda o'ylashni taqiqlamang!
Har kuni siz ahmoq odamlar va aqlli odamlar bilan muloqot qilishingiz mumkin - bu epizod bo'lsa ham - hamma bilan muloqot qiling va siz odamlar haqida ko'p narsalarni bilib olasiz!
Siz hech qachon vaqtni qaytarmaysiz va sizda qancha borligini ham bilmaysiz. Bugun tavakkal qilmasangiz, ertaga hech narsasiz qolasiz. Va har bir yangi kun sizga hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan, sizni faqat sizning qo'lingizda muvaffaqiyatga olib keladigan narsalarni olib kelishi mumkin. Ba'zida notanish odamlarning fikri foydali bo'lishi mumkin, ammo sizga va'dalar berilganligi haqidagi illyuziya bilan o'zingizni chalkashtirib yuborishga yo'l qo'ymang.

Teamwork.uz jamoasining yangi yil uchun tilaklari deb qabul qiling!!!

@teamwork_uz
1.4K viewsedited  12:37
Ochish/sharhlash
2022-12-26 16:47:10 Buyurtma №757 — #bajarilmoqda
Mavzu: Android mobil ilovaning ba'zi yerlarini o'zgartirish kerak
Vazifa: Kotlin dasturlash tilida Android Studio muxitida yozilgan mobil ilovaga ba'zi qo'shimcha va o'zgarishlarni kiritish kerak. Tezkor.

Texnik vazifalar: https://docs.google.com/document/d/1hizcNuCgBSyMzXUZynJBs4KLsDTt9Re93-feouqs2KY/edit?usp=sharing

#dasturlash #androidilovalar

Muddati: Kelishilgan holda
Narxi: Kelishilgan holda
1.6K viewsedited  13:47
Ochish/sharhlash
2022-12-26 14:38:05 Buyurtma №756 — #aktiv
Mavzu: Rasmni animatsiya qilib berish kerak
Vazifa: Web saytga joylashtirish uchun rasmni harakatlanadigan, faoliyatni yoritib beruvchi gif animatsiya holatiga keltirish kerak. Rasm fayllar ro'yxatiga yuklangan

1. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-26/1672047061411_about__bg--img.png

Muddati: Kelishilgan holda
Narxi: Kelishilgan holda
2.0K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2022-12-25 18:06:53 Buyurtma №755 — #aktiv
Mavzu: Laboratorniy ishiga yordam (dasturlash)
Vazifa: Manga quyida fayllarga biriktirilgan mashi xar bitta laboratorniydan ichida vazifasi bor. Bittadan xar bitta laboratorniydan vazifa bajarib berish kerak.
C++, Visual Studio yokida onlayn kompilyatorda yozsayam bo'ladi shu 3 lasidan bittasida qilib b...

1. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980762033_Lab2_TabId_List.zip
2. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980762066_TabUsl_3IVT_2022_release.zip
3. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980762272_Lab3_3IVT_Classes_2022_v1.zip
4. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980762254_Lab2_TabIdent_4k_SPO_v3.zip
5. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980763646_Calculator_2022.zip
6. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980766646_Лаб_раб_5п.docx
7. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980775152_Лаб_раб_5п_2.docx
8. https://teamworkbucket.s3.amazonaws.com/2022-12-25/1671980777134_Лаб_раб_4п.docx

Muddati: 27.12.2022
Narxi: Kelishilgan holda
1.7K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash