Get Mystery Box with random crypto!

#'Motvatsya' Shamshodbek ajoyib odam. Doim ishlarni kechiktir | Teamwork.uz (фриланс площадка)

#"Motvatsya"

Shamshodbek ajoyib odam. Doim ishlarni kechiktirib yuradi. Dushanbadagi ishni dam olish kuniga, yakshanbadagi ishni payshanbaga qoldiradi. Biror marta aytilgan joyga vaqtida kelgan emas. Uchrashuvlarga doim kechikib keladi, qolganlarni vaqtiga achinmaydi.
Har yili yangi yildan o'zgaraman deb qo'yadi o'ziga-o'zi. Mana 2023-yildan fitnesga chiqmoqchi, yangi kasb o'rganaman deb turibdi. Shaxsiy rivojlanaman bir tom kitob olib qo'ygan, chang bosib yotibdi.
Biror yordamga chaqirilganda vaqtim yo'q deb qo'yadi, kun bo'yi instagramu tik-toklarda qirchang'i ayollarni kuzatish bilan band.

Shamshodbekni 2023-yildan umidlari katta. Bu yil u albatta o'zgarmoqchi. Avvalgi yillar kabi. Ayyubxon Farg'oniy

P.S: DOTA, Mobile Legends, Counter Strike jonu dili, Pul topishga vaqti yo'q. Kerak bo'lsa uhlamaydi ham.

Sizchi keyingi yilga qanday rejalar tuzdingiz? Yangi yilga katta reja qiladigan tanishlarga yuborib qo'ying. "Motvatsya" bo'lsin.


@teamwork_uz