Get Mystery Box with random crypto!

MANTIQ VA SABAB.. “Kennedi” kosmik kemasining yon tomonlarida | Teamwork.uz (фриланс площадка)

MANTIQ VA SABAB..

“Kennedi” kosmik kemasining yon tomonlarida ikkita kengligi 5 futlik dvigatel o‘rnatilgan edi. Kema dizaynerlari ushbu dvigatellarni yanada kengroq qilishni xohlashardi, ammo bu imkonsiz edi.

-NEGA?

Gap shundaki, kemaning turli qismlarini yig‘ish joyiga temir yo‘l orqali tashish kerak edi.

Tog‘dagi tunnelning torligi tufayli. Temir yo‘l oralig‘i standarti: 4 fut 8,5 dyuym. Shuning uchun dvigatellarni faqat 5 fut kengligida yasash mumkin edi, aks holda, ularni bu yo‘l bo‘ylab olib o‘tish mumkin emas edi.

- Nima uchun standart temir yo‘l oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym? Bu raqam qayerdan paydo bo‘lgan?

-Maʼlum bo‘lishicha, shtatlarda temir yo‘llar ingliz standartlari asosida qurilgan, Angliyada esa relslar orasidagi masofa 4 fut 8,5 dyuymni tashkil qiladi.

-Lekin nima uchun?

-Chunki, Angliyada dastlabki poyezdlar shaxta vagonlarini ishlab chiqaradigan zavodda ishlab chiqarilgan. Va eng katta vagonning o‘qi uzunligi 4 fut 8,5 dyuym edi.

-Nega o‘q uzunligi 4 fut 8,5 dyuym?

-Chunki, bu o‘q uzunligi ingliz etapli vagonlari uchun standart edi. O‘q uzunligi shunday tanlagandiki, ularning g‘ildiraklari kamroq eskiradi.

-NEGA?

- Chunki, Angliya bo‘ylab trek oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym.

-Nega trek oralig‘i 4 fut 8,5 dyuym?

-Chunki Buyuk Britaniyadagi birinchi yo‘llarni rimliklar, to‘g‘rirog‘i, ularning jang aravalari yotqizgan. Va standart Rim aravasining o‘qi uzunligi 4 fut 8,5 dyuym.

-Nega rimliklar o‘z aravalarining o‘qlarini aynan shu uzunlikda yasashga qaror qilishdi?

- Sababi: bunday aravaga odatda ikkita ot bog‘langan. 4 fut 8,5 dyuym esa ikkita ot ketining o‘rtacha kattaligi edi.

Binobarin, inson kosmosga chiqqanidan keyin ham, uning eng yuqori texnik yutuqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2000-yil oldingi ot ketining o‘lchamiga bog‘liq.

Kuchirildi.....

@teamwork_uz