Get Mystery Box with random crypto!

​​​Salom do'stlar, sizga bir ajoyib qo'shiqni tavsiya qilmoqch | Teacher Azam

​​​Salom do'stlar, sizga bir ajoyib qo'shiqni tavsiya qilmoqchiman. Bu qo'shiq afsonaviy Frank Sinatra tomonidan ijro qilingan bo'lib, ko'pchilikka tanish bo'lgan "Sopranos" serialidagi juda ham kreativ saxnada ishlatilgan.

Hozir esa qo'shiqda ishlatilgan va siz uchun notanish bo'lishi mumkin bo'lgan jumlalarni ko'rib chiqsak.

1) It was a very good year for blue-blooded girls.
(Bu aslzoda tug'ilgan qizlar uchun juda yaxshi yil bo'ldi.)
blue-blooded - aslida tarjimasi "ko'k qonli" degani lekin bu yerda "aslzoda" ma'nosida ishlatilgan.

2) We'd ride in limousines Their chauffeurs would drive.
(Biz ularning shofyorlari haydaydigan limuzinlarga minardik.)
chauffeur - o'zbekchada ham "shafyor" bo'ladi. Chunki aslida bu so'z fransuz tilidan kelgan. Fransuz tilidan ingliz tiliga ham borgan, fransuz tilidan rus tiliga ham borgan, shuning uchun deyarli bir xil, o'zi 1ta so'zde.

3) And now I think of my life as vintage wine.
(Va men hozir hayotimni vintage vinosi deb o'ylayman.)
Vintage wine - uzumning vino uchun ideal bo'ladigan yilida tayyorlangan vino.

Qo'shiq uchun havola
https://open.spotify.com/track/1vLPTWPfJSIrqOhNUWNfNY?si=lpxLNHN-Q2ak5ajDLOb73A&utm_source=copy-link

Bu post https://t.me/substorenetflix homiyligida tayyorlandi.

Izohlarda siz ingliz tilida aytilgan qaysi qo'shiq yoki qo'shiqdagi qaysi qator esingizda qolib ketganini yozing, men ularga javob qaytarishga harakat qilaman.

Kanalga ulanish
@teacherazam