Get Mystery Box with random crypto!

Taslimiyat ...

Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ... T
Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ...
Kanal manzili: @taslimiyaat
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.16K
Kanalning ta’rifi

Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi.
Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin..

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-05 15:17:02
Abu Bakr roziyallohu anhu jon berayotganlarida
soʻrashdi:

- Biror shikoyatingiz bormi?
- Gunohlarimdan shikoyatim bor.
- Nima xohlaysiz?
- Magʻfiratni xoxlayman.
- Tabib chaqiraylikmi?
- Tabib meni koʻrdi.
- Nima dedi?
- “Men xohlaganimni qilaman!” dedi.

Abu Bakrdan Alloh rozi boʻlsin, eng birinchi musulmon, siddiq, mujohid, zohid boʻlsalar ham, kamtarlik qilib, gunohlaridan shikoyat qildilar...

-bizchi...?


@taslimiyaat
3.4K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-11-05 05:07:38
#hikmat

Hayotingda toʻrt xil odamlar borki, sen ularni aslo unutmasliging kerak:
1. Qiyinchilik paytida senga yordam bergan kishi.
2. Oʻzing oʻzingga ishonmay turgan paytda senga ishongan kishi.
3. Senga evazsiz (Alloh yoʻlida) yordam bergan kishi.
4. Hayotingning yaxshi tomonga burilishiga hissa qoʻshgan kishi.



@taslimiyaat
1.9K views02:07
Ochish/sharhlash
2022-11-04 18:42:16
#Adab

Uylarimizda qattiq e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan xususlar:

Uyimizda 3 ta narsani taqiqlaymiz:
1. Gʻiybat qilish.
2. Tortishish.
3. Arazlashish.

Uyimizda 3 narsani tartibga solamiz:
1. Televizorni;
2. Internetni;
3. Telefonni.

Uyimizda 3 narsani davomli bajaramiz:
1. Jamoat namozi;
2. Qur’on tilovati;
3. Haftalik suhbatlar.

Ustoz Allohquli Olimjon hafizahulloh.


@taslimiyaat
4.5K views15:42
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:35:37
Nega aynan kaktus?
– Chunki, himoyalangan va har doim o'zini ko'z-ko'z qilib gullab turmaydi!?

@taslimiyaat
4.6K views11:35
Ochish/sharhlash
2022-11-03 23:01:02
Jum'aning xayri va barokati sizga bo'lsin...

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar bo'lsin...

اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد

Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad ﷺ

@taslimiyaat
15.4K views20:01
Ochish/sharhlash
2022-11-03 19:26:37 #Bilasizmi

Sahobalarning laqablari

– Abdulloh ibn Abu Quhofa – Abu Bakr Siddiq.

– Umar ibn Xattob – al-Foruq, (yaʼni, haq bilan botilning orasini ajratuvchi).

– Aliy ibn Abu Tolib – Abu Turob, tuproqning otasi.

– Usmon ibn Affon – Zinnurayn, yaʼni ikki nur sohibi. (Rosulullohning ikki muborak qizlariga uylanganlaridan).

– Xolid ibn Valid – Sayfulloh Maslul.

– Abu Ubayda Jarroh – Aminul umma (ummatning ishonchli kishisi).

– Jaʼfar ibn Abu Tolib ­– Abul masokin- Miskinlar otasi.

– Hamza ibn Abdulmuttolib – Asadulloh, Allohning sheri.

– Ammor ibn Yosir – Yaxshilarning yaxshisi.

–Zubayr ibn Avvom – Rosulullohning havoriysi.

– Musʼab ibn Umayr – Islom elchisi.
– Bilol ibn Raboh – Rosululloh muazzini.

– Huzayfa ibn Yamon – Rosulullohning sirdoshlari, sirlarining sohibi.

– Amr ibn Oss – Islom dohiysi.
–Muoviya ibn Abu Sufyon – Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning vahiy kotibi.

– Zayd ibn Horisa – Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning yaqini, suyukli kishisi.

– Abdulloh ibn Abbos – Qurʼon tarjimoni.

– Hasson ibn Sobit – Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shoiri.


@taslimiyaat
2.1K views16:26
Ochish/sharhlash
2022-11-03 19:12:41 Taslimiyat .. pinned a photo
16:12
Ochish/sharhlash
2022-11-03 11:07:29
Taslimiyat nimadir?


Abdukarim Mirzayevdan juda ham ajoyib tushuntirish.


@taslimiyaat
4.7K views08:07
Ochish/sharhlash
2022-11-03 07:09:02
#tavhid

• Nega yolgʻizsan?!
• Seni topgach boshqa hammadan voz kechgandim.

Mahbubiy


@taslimiyaat
1.4K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-11-02 20:00:17 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Telegramdagi eng sara manfaatli kanallar siz uchun.

~ Bomdod uchun Budilnik.

~ Taslimiyat ila Allohga qayt.

~ Kitobga oshiqlar kirsin.

~ Pechatsiz islomiy rasmlar.

~ Islomiy statuslar kanali.

~ Joynamozni bering onajon.

~ Eng sara islomiy videolar.

~ Eng go'zal ayol.

~ Eng sara retseptlar.

~ Arab tilini 0 dan o'rganing.

~ Kundalik zaruriy duo va zikrlar.

~ Hayotiy statuslar olami.

~ Yasin, Qur'onning qalbidur.

Barcha kanallarga ulanib oling, Alloh siz-u, bizlar uchun manfaatli qilsin.
1.3K views17:00
Ochish/sharhlash