Get Mystery Box with random crypto!

Oseberg qayig'i - 1904-yilda kashf etilgan eman Viking kemasi | Tarixiyat

Oseberg qayig'i - 1904-yilda kashf etilgan eman Viking kemasi (drakkar). Kema taxminan 820-yilda ishga tushirilgan va 834-yilgacha qirg'oq navigatsiyasida ishlatilgan. Keyin u dafn kemasi sifatida foydalanilgan. Kemaning uzunligi 21,6 metr, kengligi 5,1 metr, ustunning o'lchami 6 dan 10 m gacha bo'lishi mumkin. Yelkan maydoni 90 m² bo'lgan kema 10 tugungacha tezlikka erisha olgan. 15 juft eshkak 30 ta eshkakchi tomonidan harakatga keltirilganligini ko'rsatadi. Garchi bu maxsus kema faqat qirg'oq bo'ylab suzib yurish uchun ishlatilgan bo'lsa-da, xuddi shunday o'lchamdagi kemalar Britaniyaga bostirib kirish uchun ham ishlatilgan.

T.me/tarixiyat