Get Mystery Box with random crypto!

Go'zallik o'lchov birligi... Qadimgi yunon afsonalariga ko'ra | Tarixiyat

Go'zallik o'lchov birligi...

Qadimgi yunon afsonalariga ko'ra, go'zal Yelenaning o'g'irlab ketilishi Troya urushiga sabab bo'lgan va Yelenaning go'zalligi ko'pincha mingta kemani harakatga keltiradigan kuch sifatida tilga olinadi. Shunga asoslanib, matematiklar Millihelen deb nomlangan kulgili o'lchov birligini taklif qilishgan. Bu bitta kemani ishga tushirish uchun yetarli bo'lgan ayol go'zalligi miqdori sifatida belgilanadi. Go'zal Yelenaning o'zi, ushbu talqinga ko'ra, 1186 Millihelenga teng go'zallikka ega. Chunki Gomerning "Iliada" dostoni matniga ko'ra, Troya sohillariga aynan shu miqdordagi yunon kemalari suzib borgan.

T.me/tarixiyat