Get Mystery Box with random crypto!

Tanqidiy Nazar

Telegram kanalining logotibi tanqidiy_nazarlar — Tanqidiy Nazar T
Telegram kanalining logotibi tanqidiy_nazarlar — Tanqidiy Nazar
Kanal manzili: @tanqidiy_nazarlar
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Barcha kirdi-korlarni ochiqchasiga muhokama va tanqid qilamiz!!!
#Rasman
#Ochiqlandi
#Sport
#Madaniyat
#Tezkor
Oʻzingiz yoqtirgan narsangizni doʻstlaringizga ham ulashing:
https://t.me/joinchat/TdDKwyPKeBP4_1Sm

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-03-19 03:00:01
Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom hadjul masokin yana bir Juma kuniga nasib qilgan “Alloh” taologa hamdu sanolar boʻlsin!

Juma ayyomingiz muborak boʻlsin QADRDONLARIM

@tanqidiy_nazarlar
511 views00:00
Ochish/sharhlash
2021-03-18 21:10:33
Shavkat Mirziyoyev jurnalist Aziza Qurbonovaning "Shovvozsoy" dam olish zonasi haqidagi savoliga javob berdi.

Manba:
@qurbonova_a


@tanqidiy_nazarlar
31 viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2021-03-18 20:54:37
#Diqqat | #xushyor_boling

Qadrli ota-onalar va oʻquvchi yoshlar siz ham televizorda yoki ijtimoiy tarmoqlarda yangi " Qoʻshtirnoq" ichidagi " INNOVATSION " kitoblar haqida eshitib, "men ham sotib olsam boʻlar ekan... " ,- deb oʻylayotgan boʻlsangiz shoshilmang
AVVAL ushbu videoni koʻring va shunda ham rozi boʻlsangiz mayli oʻzingiz bilasiz!!!
Bu yerda nomlarini yozmayman, lekin videoda keltirilgan. Koʻrishingizni maslaxat beraman...
Reportaj kun.uz muxbiri tomonidan tayyorlangan.
You tube orqali koʻrmoqchi boʻlsangiz

Hammani ogohlantiring
@tanqidiy_nazarlar
525 views17:54
Ochish/sharhlash
2021-03-18 05:09:06 «OChL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik, «Paxtakor» bunga tayyor emasligini aytdi»
- Rostini aytganda, Saudiya iqtisodiy baquvvat mamlakat. OFKning ko‘p turnirlariga va boshqa ishlariga yordam beradi, shuning uchun OFK ular tomon peshvoz chiqdi, xayrixohlik bildirdi. Masalan, OChLning uchta guruh o‘yinlarini Saudiya qabul qiladigan bo‘ldi. Bu ham OFKga yordam. Biz ham OChL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik. Avvalo, «Paxtakor»dan so‘radik. Klub bunga tayyor emasligini aytdi. Stadionni ta'mir qilishga imkoniyati yo‘qligini bildirdi. «Paxtakor» o‘ynaydigan guruh o‘yinlari shu yerda o‘tardi.
Biz endi keyingi yillarda turli turnirlarni o‘zimizda o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Bu yil esa OChLning sharqiy mintaqasidagi ikki guruh o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazishga da'vogarlik qilyapmiz. Bundan O‘FAga moliyaviy foyda bor. OFK mablag‘ bilan ta'minlaydi. Ikki guruhni qabul qilsak, chamasi har bir guruh uchun 150 mingdan, umumiy 300 ming AQSh dollari foyda qilishimiz mumkin. Ikkitagina stadion yetarli. Klublarga mashg‘ulot maydonlari topish ham qiyin emas. Bu borada bizga raqobatchilar deyarli yo‘q. Agar yana o‘sha Saudiya qo‘shilib qolmasa, biz kam deganda bitta guruh o‘yinlarini shu yerda o‘tkazishga imkoniyatimiz bor.
Yana bir tomoni O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi masalasida biroz xavotirlar paydo bo‘lyapti, karantin choralari qaytishi mumkinligi, cheklovlar bo‘lishi ehtimoli borligi haqida o‘zingiz ham eshityapsiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lib tursa, OChL sharqiy mintaqa guruh bosqichi o‘yinlarini qabul qila olamiz. Nima uchun biz imkon qadar ko‘proq turnirlarni qabul qilishga da'vogarlik qilyapmiz? Chunki bu nafaqat moliyaviy manfaat, balki bu turnirni o‘tkazish biz uchun katta tajriba maktabi: ko‘ngillilar, xodimlar, umuman, barcha bunday turnirlar orqali musobaqalarni o‘tkazishda, qanday ishlash kerakligi borasida tajriba to‘playdi va bu bizga kelgusida kattaroq turnirlarni qabul qilishda asqatadi, - dedi Aziz Haydarov intervyuda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi joy olgan JCh-2022 2-saralash bosqichi «D» guruhi o‘yinlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan: 
3 iyun (payshanba)
Saudiya Arabistoni – Yaman 
Falastin – Singapur 
7 iyun (dushanba)
O‘zbekiston – Singapur 
11 iyun (juma)
Yaman – O‘zbekiston 
Singapur - Saudiya Arabistoni 
15 iyun (seshanba)
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 
Falastin – Yaman.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 o‘yindan keyin 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 4 o‘yindan keyin 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Xabarning toʻliq matni
Manba: kun.uz
Video intervyu

@tanqidiy_nazarlar
28 views02:09
Ochish/sharhlash
2021-03-18 05:09:05 JCh-2022 saralashi mezbonligi nega O‘zbekiston emas, Saudiya Arabistoniga topshirildi? Aziz Haydarov OFKning adolatsizligi haqida

2022 yil Qatarda o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichida keyingi raundga o‘tish imkoniyatimiz bor, biroq bu imkoniyat guruhdagi asosiy raqibimiznikidan ko‘p emas. Har bir o‘yin va har bir ochko biz uchun juda ahamiyatli. Biror o‘yinda ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q.
Bu o‘rinda esa pandemiya bizga pand berdi – qo‘shimcha noqulaylik tug‘dirdi. Xo‘sh, nima uchun JCh-2022 va OCh-2023 guruh bosqichi so‘nggi o‘yinlari aynan Saudiya Arabistonida o‘tadigan bo‘ldi? O‘zbekiston milliy jamoasining asosiy raqibi uyida, boz ustiga biz uchun o‘ta noqulay iqlim sharoitida o‘ynashga majbur bo‘lganimiz sababi nima? O‘FA turnir mezbonligiga da'vogarlik qilmaganmidi? Kun.uz va Tribuna.uz muxbiri bu savollar bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi rahbari Aziz Haydarovga murojaat qildi.
 «Nima uchun asosiy raqibimiz maydonida o‘ynashimiz kerak?»
- Bizga OFK tomonidan dedlayn qo‘yildi. Videokonferensiya aloqasi orqali ilk bor qatnashdim. Ko‘rinib qoldiki, u yerda barcha Saudiya Arabistoniga yon bosdi. Avvalo, tartib bo‘yicha kelayotgan navbatdagi o‘yin – Yamanga qarshi matchni Saudiya Arabistonida o‘ynaysizlar, deyishdi. Bunga e'tiroz bildirdim. Nima uchun biz asosiy raqibimiz maydonida o‘ynashimiz kerak? Nima uchun Bahrayn yo boshqa neytral mamlakatda emas? Bu kimningdir manfaatini o‘ylab qilinmayaptimi? Ular esa «shoshmang, bu savolga hali kelamiz. Yaman – mezbon, u istagan maydonda qabul qiladi», deyishdi.
Xo‘p, neytral maydon, ammo guruhdagi asosiy raqibimiz maydonida emas-da! Ular aytishdi: «tanlash imkoniyati Yamanda, Saudiya Arabistoni ularning barcha xarajatlarini qoplayapti, ular shuni ma'qul topishdi». Keyin biz «muammo yo‘q, u holda biz shu o‘yinni Toshkentda o‘tkazaylik, xarajatlarni qoplaymiz», dedik. Saudiya Arabistoniga borib o‘ynamasligimizni bildirdik.
«Mezbonlikning xarajati katta bo‘lsa-da, biz bunga rozi edik»
- Bilsangiz, OFKda ko‘pgina xodimlar Saudiya Arabistonidan. Saudiya OFKga ko‘p holatlarda homiylik qiladi. Biz markazlashgan turnirni o‘tkazish masalasiga to‘xtaldik. Umid qildikki, ana shu holatda imkoniyatimiz bo‘ladi va turnirni O‘zbekistonga olib kelamiz. OFKga Yaman va Singapurni o‘z uyimizda qabul qilishga tayyormiz, deya xat yo‘lladik. Ammo rad javobini oldik. Singapurdagi karantin holatini ro‘kach qilishdi. Shuncha bahonalar qilib, turnir endi Saudiyada o‘tarmish. Qani ular aytgan pandemiya? Qani karantin? Nega Saudiyaga kelganda bunga amal qilinmayapti-yu, bizga kelganda esa ruxsat yo‘q.
Markazlashgan turnirni qabul qilishga O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tayyor edi. Yig‘ilishda OFK bu haqda ma'lum qildi. Mezbonlikning shartlari qabul qiluvchi mamlakat ishtirokchilarning barcha xarajatlarini qoplashi lozim. Aviachiptalardan boshlab, mehmonxonadagi yashashigacha hammasini. Garchi xarajat katta bo‘lsa-da, biz bunga rozi edik. Chunki bizga jahon chempionatiga yo‘llanma kerak. Birinchidan, muxlislar katta futbol tomosha qilishadi, ikkinchidan, translatsiyalarni sotish orqali xarajatlarimizni ozmi-ko‘pmi qoplash mumkin edi. Bilasiz, translatsiya huquqi mezbon mamlakatga beriladi.
«OFKda biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi»
- OFK qo‘mitasi bu borada yana yig‘ilamiz, degandi. Ammo keyinroq ular Musobaqalarni o‘tkazish bo‘limining 7 nafar mutaxassisi bilan bizni ishtirokimizsiz bu ishni ko‘rib chiqishlarini aytishdi. Ularning 6 nafari Saudiya Arabistoni nomzodiga ovoz berdi, bir nafari O‘zbekistonga. Shunaqa bo‘lishi tabiiy edi, axir bu bo‘limdagi 5 nafar mutaxassis saudiyalik. Bizda yutib chiqishga imkoniyat yo‘q edi. Biz OFKga yo‘llagan maktublarimizda o‘sha turnir o‘tadigan vaqtda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistondagi ob-havo sharoitini ham keltirib o‘tgandik. Shuningdek, turnirda o‘ynaydigan jamoalarga o‘z o‘yinlaridagi translatsiya huquqlari, maydon chekkasidagi bannerlarga o‘z reklamasini joylashtirish huquqini ham berishga tayyor edik. Lekin OFK biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi.
25 views02:09
Ochish/sharhlash
2021-03-12 10:02:07
Oʻzbekistonlik harbiylar hindistonlik hamkasblariga murakkab vaziyatlarda yashovchanlikni taʼminlashdan saboq berishdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

P.s: Eng qizigʻi shundaki hind askarlarni ichida tugʻilganidan to askar boʻlib ishga kirguniga qadar uysiz yashaganlari bor. Lekin ularga "Yashovchanlik"dan bizni harbiylar saboq berishibdi QARANGA

Biz bilan qoling:
@tanqidiy_nazarlar
57 views07:02
Ochish/sharhlash
2021-03-11 08:40:45 #Rasman | #DTM | #Tezkor

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-oʻquv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.


@tanqidiy_nazarlar
62 views05:40
Ochish/sharhlash
2021-03-08 05:30:16
#Tabrik | #8_mart

Namangan Davlat Universiteti Akademik litseyi oʻquvchilari 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tayyorlagan noanʼanaviy bayram tabrigi...

P.s: Barcha Ayol-qizlarni bayram bilan tabriklaymiz...

Biz bilan qoling:
@tanqidiy_nazarlar
72 views02:30
Ochish/sharhlash
2021-03-08 05:30:00
8-MART XOTIN-QIZLAR BAYRAMI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Sizlar borsiz so'zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da'vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz onalar, opa-singillar!

@tanqidiy_nazarlar
68 views02:30
Ochish/sharhlash
2021-03-05 07:47:52
#Tezkor #Rasman
“Qamchiq” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Qamchiq” dovonida tinimsiz qor yogʻishi oqibatida qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelgani bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy profilaktik tadbirlar natijasida soat 9:30 da “Qamchiq” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi.

P.s: Toshkentda ishi bor tanishlaringizga yetkazing...

Biz bilan qoling:
@tanqidiy_nazarlar
300 views04:47
Ochish/sharhlash