Get Mystery Box with random crypto!

«OChL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik, «Paxtakor» bunga ta | Tanqidiy Nazar

«OChL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik, «Paxtakor» bunga tayyor emasligini aytdi»
- Rostini aytganda, Saudiya iqtisodiy baquvvat mamlakat. OFKning ko‘p turnirlariga va boshqa ishlariga yordam beradi, shuning uchun OFK ular tomon peshvoz chiqdi, xayrixohlik bildirdi. Masalan, OChLning uchta guruh o‘yinlarini Saudiya qabul qiladigan bo‘ldi. Bu ham OFKga yordam. Biz ham OChL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik. Avvalo, «Paxtakor»dan so‘radik. Klub bunga tayyor emasligini aytdi. Stadionni ta'mir qilishga imkoniyati yo‘qligini bildirdi. «Paxtakor» o‘ynaydigan guruh o‘yinlari shu yerda o‘tardi.
Biz endi keyingi yillarda turli turnirlarni o‘zimizda o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Bu yil esa OChLning sharqiy mintaqasidagi ikki guruh o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazishga da'vogarlik qilyapmiz. Bundan O‘FAga moliyaviy foyda bor. OFK mablag‘ bilan ta'minlaydi. Ikki guruhni qabul qilsak, chamasi har bir guruh uchun 150 mingdan, umumiy 300 ming AQSh dollari foyda qilishimiz mumkin. Ikkitagina stadion yetarli. Klublarga mashg‘ulot maydonlari topish ham qiyin emas. Bu borada bizga raqobatchilar deyarli yo‘q. Agar yana o‘sha Saudiya qo‘shilib qolmasa, biz kam deganda bitta guruh o‘yinlarini shu yerda o‘tkazishga imkoniyatimiz bor.
Yana bir tomoni O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi masalasida biroz xavotirlar paydo bo‘lyapti, karantin choralari qaytishi mumkinligi, cheklovlar bo‘lishi ehtimoli borligi haqida o‘zingiz ham eshityapsiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lib tursa, OChL sharqiy mintaqa guruh bosqichi o‘yinlarini qabul qila olamiz. Nima uchun biz imkon qadar ko‘proq turnirlarni qabul qilishga da'vogarlik qilyapmiz? Chunki bu nafaqat moliyaviy manfaat, balki bu turnirni o‘tkazish biz uchun katta tajriba maktabi: ko‘ngillilar, xodimlar, umuman, barcha bunday turnirlar orqali musobaqalarni o‘tkazishda, qanday ishlash kerakligi borasida tajriba to‘playdi va bu bizga kelgusida kattaroq turnirlarni qabul qilishda asqatadi, - dedi Aziz Haydarov intervyuda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi joy olgan JCh-2022 2-saralash bosqichi «D» guruhi o‘yinlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan: 
3 iyun (payshanba)
Saudiya Arabistoni – Yaman 
Falastin – Singapur 
7 iyun (dushanba)
O‘zbekiston – Singapur 
11 iyun (juma)
Yaman – O‘zbekiston 
Singapur - Saudiya Arabistoni 
15 iyun (seshanba)
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 
Falastin – Yaman.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 o‘yindan keyin 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 4 o‘yindan keyin 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Xabarning toʻliq matni
Manba: kun.uz
Video intervyu

@tanqidiy_nazarlar