Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekis | Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko‘paygan

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. O‘smirlarning 7,7 foizi hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan. Ota-onalardan chekmaslik borasida farzandlariga namuna bo‘lish so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-69 yosh oralig‘idagi O‘zbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, o‘z navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.

Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi. Bunda o‘smirlarning 7,7 foizi – 10 foiz o‘g‘il bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bo‘lishadi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi o‘sib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qat’iy ogohlantirmoqda.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali