Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Maktab o’quvchilarida chekishga moyillikni keltirib | Ta’limdagi yangiliklar

#mulohaza

Maktab o’quvchilarida chekishga moyillikni keltirib chiqaradigan sabablar

Ko’chada yurganingizda ko’zingiz beixtiyor sigaretni kinolardagi aktyorlarga taqlid qilgan holda chekayotgan va buni o’zicha “avtoritet” deb bilayotgan yosh maktab o’quvchilariga tushganida kishi ko’nglida bir g’alati bo’ladi. Xo’sh yoshlarda qanday omillar aynan chekishga moyillikni keltirib chiqaradi?

Tengdoshlari davrasidagi muhitning ta’siri

O’smirlarning xulq-atvoriga ularning kimlar bilan do’st bo’layotgani shubhasiz katta ta’sir ko’rsatadi. Agarda uning atrofidagi do’stlarining ko’pi chekadigan bo’lsa, bola ularning fikrlariga, dunyoqarashlariga qarshi turishi qiyin kechadi va o’zi tanlagan jamoadoshlariga o’xshashga harakat qiladi. Ko’pchilik o’smirlar tezroq katta bo’lishni, hammaga tajribali, o’zgacha (крутой) ko’rinishda taassurot qoldirishni xohlashadi. Afsuski, ko'plab o'smirlarning fikriga ko'ra, sigaret chekish - bu kattalikning shubhasiz muhim belgisidir.

Oiladagi muhit ta’siri

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, agarda ota-ona cheksa, farzand ham 79-85% chekishni boshlaydi. Bolalar uchun o’z ota-onasining namunasi muhimdir. Ko’pincha ota yoki ona (bizda ko’p hollarda erkaklar chekishadi, biroq ayollar orasida ham oxirgi paytlarda chekuvchilar ko’paymoqda) o’zlari chekib turib, uning zarari hamda bu yomon oqibatlarga olib kelishi haqida bolaga uqtirishadi. Bu deyarli foydasiz, chunki aytilganidek, qush uyasida ko’rganini qiladi. Bola ongsiz ravishda sigaretni nafislik (agar onasi cheksa) yoki erkaklik (agar otasi cheksa) atributi sifatida qabul qiladi.

«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!

http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar