Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestasiyaga jalb qilinmaydi. S | Ta’limdagi yangiliklar

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestasiyaga jalb qilinmaydi.

Savol:
Men Xorazm viloyati, Xonqa tumanidanman.Fizika fani o'qituvchisiman. Hozirda vaqtincha ishsizman. Navbatdan tashqari attestasiyadan o'tmoqchi edim. Onlayn ariza berib, attestasiyada ishtirok etsam bo'ladimi?

Javob: Afsuski, mumkin emas. Nizomning 1 bandi: Ushbu Nizom davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari (keyingi o'rinlarda — ta'lim tashkilotlari) pedagog kadrlarini (keyingi o'rinlarda — pedagog kadrlar) attestasiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.

P.S. Malaka toifasi olish uchun o'tkazildigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, ta'lim tashkilotida asosiy yoki o'rindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan bo'lishi kerak!

«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!

http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar