Get Mystery Box with random crypto!

Maktab bitiruvchilarining natijalaridan kelib chiqib maktablar | Ta’limdagi yangiliklar

Maktab bitiruvchilarining natijalaridan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari ragʻbatlantiriladi.

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:

o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;

o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;

o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.

Ushbu pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Bunda:

o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;

umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;


oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni yuqorida ko’rsatilgan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qarori


«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!

http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar