Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

Telegram kanalining logotibi talim_yangiliklari_mv — Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy ) T
Telegram kanalining logotibi talim_yangiliklari_mv — Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )
Kanal manzili: @talim_yangiliklari_mv
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 147
Kanalning ta’rifi

Siz ta'limga oid yangiliklarni eng tez yorituvchi rasmiy kanaldasiz ❗️
Kanalimizda siz:
✔️ YANGILIKLAR
✔️ DARS ISHLANMALAR
✔️ TEST BANKI
Va ta'limga oid barcha narsalar!🔰
Taqdimotlar joylash uchun:🔰
Admin @FurqatjonUz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-08-12 13:01:02
«Абитуриентларга антисептик воситалари, қўлқоп, ниқоб, бош кийим, ручка ва ичимлик сувлари давлат томонидан бепул тақдим этилади», — Мажид Каримов, Давлат тест маркази директори.

@talim_yangiliklari_mv
969 viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2020-08-12 12:03:58 Majid Karimov, Davlat test markazi direktori:

«Joriy yilda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo'nalishlariga o'tkaziladigan test sinovlarida 1-darajali test savollarining soni 12 ta, 2-darajali test savollarining soni ham 12 ta va 3-darajali (murakkab) test savollarining soni 6 ta qilindi va test variantlari tayyorlandi».

@talim_yangiliklari_mv
919 views09:03
Ochish/sharhlash
2020-08-12 08:09:28 Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va 2020-2021-o‘quv yili

Bugun, 12-avgust kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Press-klub oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va yangi 2020-2021-o‘quv yili mavzusiga bag‘ishlanadi.

Ishtiroklar:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
Davlat test markazi direktori;
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari.

Efirni “O‘zbekiston 24” va “UzReport TV” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

@talim_yangiliklari_mv
953 viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2020-08-11 11:00:01 ​​5 oydan beri tuzukroq tayyorlana olmayotgan abituriyentlar va Davlat test markazining manfaati haqida

Ma'lumki, O'zbekistonda 15-martdan beri ta'lim dargohlari faoliyat yuritmayapti. Shundan beri o'quv markazlar va repetitorlar turli sharoit yaratib, o'z o'quvchilarini internet orqali o'qitishni yo'lga qo'ydi. Ammo hech kimga sir emaski, hozirda ta'limning hech qanday shakli an'anaviy ta'limning o'rnini bosa olmaydi.

Kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanishi ma'lum qilindi. Hozirda imtihongacha vaqt bor ekan, Davlat test markazi abituriyentlarning va o'zining manfaati uchun har bitta fandan hech bo'lmaganda 30 tadan testni tahlili bilan taqdim etishi kerak.

Bu taklifni turli vajlar bilan yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, e-Sinov tizimi yo'lga qo'yildi va bepul qilindi, deb. Lekin joriy yilgi testlar bazasidan har bitta fandan 30 tadan testni uni tuzilgan manbasi, har bitta testni ishlashga sarflanadigan vaqti, testning qiyinlik darajasini Davlat test markazi o'z nuqtayi nazaridan kelib chiqib taqdim etsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Birinchidan, 30 ta test bilan DTMning test bazasi kamayib qolmaydi. Bu ishni amalga oshirish DTMning manfaati uchun ham foydali. O'tgan yili kimyo fanining testlaridan norozilik keskin ortib ketdi. Shundan so'ng DTM kimyo fanidan 30 ta testni to'liq tahlili bilan abituriyetlarga taqdim etdi va bu noroziliklarni bosishga yetarli bo'lmadi. Bu yil testlar oson bo'lishi va'da qilinmoqda. Lekin bu har yilgi gaplardan biri.

Ikkinchidan, ko'p narsa abituriyentlarga mavhum qolmoqda. 30 ta test va uning tahlili bilan abituriyentlarning bilimi ham oshib-toshib ketmaydi. Lekin hech bo'lmaganda yo'nalish oladi. Imtihongacha bo'lgan vaqt orasida xato-kamchiligini tuzatadi. Har holda u 5 oydan beri tayyorlana olmadi.

Uchinchidan, testlar oson bo'ladi, deyilgani testlar to'liq sodda bo'ladi, degani emas. Bunga hozircha biror dalil ham mavjud emas. Bundan tashqari, bu yil testlarni ishlash, javoblar varqasini to'ldirish uchun umumiy 2 soat vaqt beriladi. Bu vaqt yetarli ekanini ham ko'rsatib berish uchun amaliy ko'rsatma berilishi kerak.

To'rtinchidan
, ochiq-oshkoralik yo'lidan yurib, 30 ta test va uning tahlilini taqdim etilishi aytilayotgan gaplarning amaliy isboti ham bo'ladi. Bu, albatta, ertaga DTMga nisbatan norozilik kayfiyati shakllanishining oldini oladi. Albatta, agar rostan ham bu yil uchun tayyorlangan testlar taqdim etilsa. Ko'p emas, har bir fandan bittadan variant yetadi.

Shunday ekan, ertaga imtihondan keyin noroziliklar ko'paymasligi uchun, abituriyentlar va o'zining manfaati uchun Davlat test markazi har bitta fandan kamida 30 tadan testni tahlili bilan taqdim etishi kerak. Bu ishni ertaga, imtihondan keyin qilishining foydasi yo'q.

@talim_yangiliklari_mv
1.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2020-08-10 18:28:02 Davlat test markazi direktori, Majid Karimov:
Agar karantin 15-avgust yoki 30-avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2-sentabrda boshlanadi. Biz 2-sentabrgacha pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashidan umidvormiz.
Agar karantin uzaytirilsa, albatta, test qoldiriladi. Chunki birinchi navbatda abituriyentlar salomatligi turadi».
Test sinovlarini ishlash uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi
1-smena soat 08:00 da boshlanib, 10:00 da tugaydi. 2-smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da yakunlanadi.
Javoblar varaqasini to'ldirish uchun alohida vaqt berilmaydi
Test sinovlarini ishlash uchun, javoblar varaqasini belgilash uchun umumiy 2 soat vaqt beriladi. Test sinovlari boshlanadi va 2 soatda tugaydi.

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sarodor Rajabov:
Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov:
Test sinovlari o'tgandan keyin, 1-kursga qabul qilingan talabalar hozirgi shart-sharoitlardan kelib chiqib, 1-oktabrdan o'qishni masofaviy shaklda boshlaydi.
Yangi o'quv yilidan ta'lim masofaviy shaklda bo'lsa ham, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi uzil-kesil to'lov-kontrakt narxini o'zgartirmaydi – oshirmaydi ham, kamaytirmaydi ham.

@talim_yangiliklari_mv
857 viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2020-08-10 15:00:31 Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va 14 kun davom etadi

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov ma’lum qildi.

@talim_yangiliklari_mv
693 views12:00
Ochish/sharhlash
2020-08-10 13:30:25 Test natijalari qanday e’lon qilinadi?

DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov:

«Natijalarni e’lon qilishda o‘zgarish bo‘lmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari o‘tkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida e’lon qilinadi».

@talim_yangiliklari_mv
679 views10:30
Ochish/sharhlash
2020-08-10 12:30:25 Sarodor Rajabov, Davlat test markazi direktori o‘rinbosari:

Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.

Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.

@talim_yangiliklari_mv
689 views09:30
Ochish/sharhlash
2020-08-10 11:30:23 Javoblar varaqasini to'ldirish uchun alohida vaqt berilmaydi

Test sinovlarini ishlash uchun, javoblar varaqasini belgilash uchun umumiy 2 soat vaqt beriladi. Test sinovlari boshlanadi va 2 soatda tugaydi — Majid Karimov, Davlat test markazi direktori.

@talim_yangiliklari_mv
694 views08:30
Ochish/sharhlash