Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi direktori, Majid Karimov: Agar karantin | Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

Davlat test markazi direktori, Majid Karimov:
Agar karantin 15-avgust yoki 30-avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2-sentabrda boshlanadi. Biz 2-sentabrgacha pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashidan umidvormiz.
Agar karantin uzaytirilsa, albatta, test qoldiriladi. Chunki birinchi navbatda abituriyentlar salomatligi turadi».
Test sinovlarini ishlash uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi
1-smena soat 08:00 da boshlanib, 10:00 da tugaydi. 2-smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da yakunlanadi.
Javoblar varaqasini to'ldirish uchun alohida vaqt berilmaydi
Test sinovlarini ishlash uchun, javoblar varaqasini belgilash uchun umumiy 2 soat vaqt beriladi. Test sinovlari boshlanadi va 2 soatda tugaydi.

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sarodor Rajabov:
Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov:
Test sinovlari o'tgandan keyin, 1-kursga qabul qilingan talabalar hozirgi shart-sharoitlardan kelib chiqib, 1-oktabrdan o'qishni masofaviy shaklda boshlaydi.
Yangi o'quv yilidan ta'lim masofaviy shaklda bo'lsa ham, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi uzil-kesil to'lov-kontrakt narxini o'zgartirmaydi – oshirmaydi ham, kamaytirmaydi ham.

@talim_yangiliklari_mv