Get Mystery Box with random crypto!

​​5 oydan beri tuzukroq tayyorlana olmayotgan abituriyentlar v | Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

​​5 oydan beri tuzukroq tayyorlana olmayotgan abituriyentlar va Davlat test markazining manfaati haqida

Ma'lumki, O'zbekistonda 15-martdan beri ta'lim dargohlari faoliyat yuritmayapti. Shundan beri o'quv markazlar va repetitorlar turli sharoit yaratib, o'z o'quvchilarini internet orqali o'qitishni yo'lga qo'ydi. Ammo hech kimga sir emaski, hozirda ta'limning hech qanday shakli an'anaviy ta'limning o'rnini bosa olmaydi.

Kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanishi ma'lum qilindi. Hozirda imtihongacha vaqt bor ekan, Davlat test markazi abituriyentlarning va o'zining manfaati uchun har bitta fandan hech bo'lmaganda 30 tadan testni tahlili bilan taqdim etishi kerak.

Bu taklifni turli vajlar bilan yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, e-Sinov tizimi yo'lga qo'yildi va bepul qilindi, deb. Lekin joriy yilgi testlar bazasidan har bitta fandan 30 tadan testni uni tuzilgan manbasi, har bitta testni ishlashga sarflanadigan vaqti, testning qiyinlik darajasini Davlat test markazi o'z nuqtayi nazaridan kelib chiqib taqdim etsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Birinchidan, 30 ta test bilan DTMning test bazasi kamayib qolmaydi. Bu ishni amalga oshirish DTMning manfaati uchun ham foydali. O'tgan yili kimyo fanining testlaridan norozilik keskin ortib ketdi. Shundan so'ng DTM kimyo fanidan 30 ta testni to'liq tahlili bilan abituriyetlarga taqdim etdi va bu noroziliklarni bosishga yetarli bo'lmadi. Bu yil testlar oson bo'lishi va'da qilinmoqda. Lekin bu har yilgi gaplardan biri.

Ikkinchidan, ko'p narsa abituriyentlarga mavhum qolmoqda. 30 ta test va uning tahlili bilan abituriyentlarning bilimi ham oshib-toshib ketmaydi. Lekin hech bo'lmaganda yo'nalish oladi. Imtihongacha bo'lgan vaqt orasida xato-kamchiligini tuzatadi. Har holda u 5 oydan beri tayyorlana olmadi.

Uchinchidan, testlar oson bo'ladi, deyilgani testlar to'liq sodda bo'ladi, degani emas. Bunga hozircha biror dalil ham mavjud emas. Bundan tashqari, bu yil testlarni ishlash, javoblar varqasini to'ldirish uchun umumiy 2 soat vaqt beriladi. Bu vaqt yetarli ekanini ham ko'rsatib berish uchun amaliy ko'rsatma berilishi kerak.

To'rtinchidan
, ochiq-oshkoralik yo'lidan yurib, 30 ta test va uning tahlilini taqdim etilishi aytilayotgan gaplarning amaliy isboti ham bo'ladi. Bu, albatta, ertaga DTMga nisbatan norozilik kayfiyati shakllanishining oldini oladi. Albatta, agar rostan ham bu yil uchun tayyorlangan testlar taqdim etilsa. Ko'p emas, har bir fandan bittadan variant yetadi.

Shunday ekan, ertaga imtihondan keyin noroziliklar ko'paymasligi uchun, abituriyentlar va o'zining manfaati uchun Davlat test markazi har bitta fandan kamida 30 tadan testni tahlili bilan taqdim etishi kerak. Bu ishni ertaga, imtihondan keyin qilishining foydasi yo'q.

@talim_yangiliklari_mv