Get Mystery Box with random crypto!

TalabaUz official | Talabalar kanali

Telegram kanalining logotibi talabauz_official — TalabaUz official | Talabalar kanali T
Telegram kanalining logotibi talabauz_official — TalabaUz official | Talabalar kanali
Kanal manzili: @talabauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.30K
Kanalning ta’rifi

📑 Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Reklama xizmati: @rek_info

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2022-08-28 08:20:16
Bundan ortiq baxt yo‘q edi

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
23.7K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:15:18 ​​​Bolaligimda...

Qo'llarimni ko'ylagimning ichiga tiqib olib, "qo'llarim qani ?" derdim.

Video o'yinda yutqazishni boshlasam, har safar boshidan boshlardim.

4 xil rangda yozadigan ruchkam bo'lardi, 4 ta rangini bittada bosib chiqarmoqchi bo'lardim.

Biror kishini qo'rqitmoqchi bo'lib, eshik orqasida berkinib turardim. Uzoooq kutib qolsam, chiqavermasa, hafsalam pir bo'lib, ketib qolardim.

Ko'tarib joyimga yotqizib qo'yishlari uchun o'zimni uxlaganga solib yotardim.

Oymomo mashinamizning orqasidan kelyapti deb o'ylardim.

Chiroqni yoqish/o'chirish tugmasini muvozanatga keltirmoqchi bo'lardim.

Deraza oynasidan dumalayotgan yomg'ir tomchilarini tomosha qilib turib, ular poyga o'ynashyapti, deb tasavvur qilardim.

Faqat maktab sumkamning tashvishini qilardim.

Meva urug'ini yutib yuborsam, endi qornimda meva o'sib chiqadi va men o'lib qolaman, deb qo'rqardim.

Muzlatgichning chirog'i qachon o'chishini aniqlamoqchi bo'lib, eshigini judayam sekiiiin yopib ko'rardim.

Xonaga kirib, nimaga kirganim esimdan chiqib qolardi. Keyin yana tashqariga chiqib, esimga tushganidan keyin kirardim.

Esingizdami, bolaligimizda katta bo'lishni orziqib kutardik? Endi esa hattoki qachon va nima sababdan ulg'ayib qolganimizni ham bilmaymiz...

Xabarni o'qir ekansiz, yuzingizga beixtiyor tabassum yugurdi, shunday emasmi?

PS. Kimgadir tabassum ulashgingiz kelsa, bu quvnoq xotiralarni u bilan albatta baham ko'ring!

@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
23.6K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:01:01 #achchiq_haqiqat

Ishga qabul qilishdagi suhbat:

–2*2 nechchi?
– 5
–Yo'q
– 6
–Yo'q.
– 8
–Yo'q, lekin olamiz, harakatchan ekansiz, keyingisi.
–2*2 nechchi?
–3
–Yo'q
–3
–Yo'q dedimku.
–3
–Xato, lekin olamiz, bir so'zli ekan, keyingisi?
–2*2 nechchi?
–4
–Aqlli ekansiz, lekin ola olmaymiz, chunki joy qolmadi.


P.S. Bu post tanish bilish qilib ishga joylashganlarga tegishli emas!


Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy)
2.7K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-22 06:59:01#kayfiyat

"Mandat" seni tog'angmas (parodiya)


Hali beri sen grand bo'lmaysan
Bu o'qishingda kantrak ham bo'lolmaysan
Yuzingga aytsam xafa bo'lasan
Seni o'ylab gapiryotganimni bilmaysan

Mayli hozircha ko'ngning to'qdir
Darsga kelib ketishdan boshqa g'aming ham yo'qdir
Yoningdagilar ertaga yo'qdir
Chunki yaxshi o'qigan ular, yo'li ko'pdir

Boshing borib devorga tekkanda
Mening bu gaplarimni esla
Yotib olib eslaa
       *   *   *
"Mandat" seni tog'angmas
Yo amakivachchangmas
Qoniqarsiz natijang
Yuz ham yo to'qson hammas
       *    *    *
Boshqalarning balin qaragin,
Hech qandayin ayb yo'q mandatda.
O'zing biroz qiynab o'qisang
Kelasi yil "Grand"san albatta!

Yoqmayapti gaplarim,
Qiyshayyapti basharang
Bilib turibman so'zlarim
O'qib turibsan arang

Dars qilishni istamading
Lekin xohishing "Grand"
Bekor o'tgan vaqtlaringga
Afsus qilarsan biram

Boshing borib devorga tekkanda
Mening bu gaplarimni o'yla
Yotib olib o'ylaa
       *    *    *
"Mandat" seni tog'angmas
Yo amakivachchangmas
Qoniqarsiz natijang
Yuz ham yo to'qson hammas


Diyor Xolboyev

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
2.6K views03:59
Ochish/sharhlash
2022-08-22 06:29:01
Eksklyuziv taklif! O'zbekiston OTM lariga o'qishga kira olmagan abuturiyentlar uchun ajoyib yangilik....

Toshkent shahrida joylashgan OT 0022 litsenziyaga ega yangi Oliygoh (Diplomi O’zbekistonga o’tadi)

O'qish: O’zbek/Rus tillarida - 4-5yil

Iqtisodiyot
Tarix
Ped Psixologiya
Boshlang’ich ta’lim
Turizm
Filologiya - Ingliz / Rus tili

Kontrakt narxi:- Sirtqi 13 mln, Kunduzgi 20 mln

Shartnoma asosida talaba bo’lishning so’ngi imkoniyati!
Qabul 24 - Avgustgacha so’ngi kuni

Call Center: Toshkent bosh ofis!
95 513 80 80
95 411 80 80
95 195 80 80
95 196 80 80

Call Center: Qarshi ofis!
95 505 80 80
95 412 80 80
95 514 80 80
95 324 80 80
95 651 80 80

Operator bilan bogʻlanish:
2.9K views03:29
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:00:55 OTMlarga topshirgan ​​Abiturientlarimizning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mandat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

Alpomish mandatni ushlab hey menga qara ifffffflllll......... deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam...

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...


Noma'lum

Eslatma: bu post hazil tariqasida kayfiyat ko'tarish uchun kanalimizga joylandi. Mandat natijalarini kutayotganlarga Sabr tilab qolamiz

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
7.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:29:01
Mana bo'larkanku

To'plagan balingizni kiriting bot sizga tanlagan 5ta yo'nalishga kirish ehtimolingiz necha foizligini aniqlab beradi....

Aytib qo'yay bu haqiqatdan bomba yanglik. Foizni ko'rib ko'ngilni xotirjam qilishga nima yetsin
6.3K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:06:04 ​​​​​​Mandat qachon chiqarkin?

Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?

SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?

Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?

Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?

Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?

Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, DTM aka,
Mandat qachon chiqarkin?

Yolqin Muqimov

P.S: bu ketishda baʼzi abituriyentlar shoir boʻlib ketmasa boʻlgani

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
6.5K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash
2022-08-21 15:29:03
Diqqat Super aksiya

Qirgʻiziston NARIN DAVLAT UNIVERSITETI ga faqat 3 kunga chegirmalar eʼlon qilindi. Atigi: 3 000 000 evaziga talaba boʻling!!!

Shoshiling qabul soni chegaralangan.

Qabul qilish muddati faqat:
21.08.2022 dan 23.08.2022 gacha
Barcha yo’nalishlar mavjud!
1 yildan so’ng O’zbekistonga o’qishni ko’chirishga 100% kafolat beramiz faqat (Litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan oliygohlarga)
Sirtqi ta’lim kontrakti - 350$
Kunduzgi ta’lim kontrakti - 550$

Call Center: Qarshi ofis!

95 505 80 80
95 412 80 80
95 514 80 80
95 324 80 80
95 651 80 80

Call Center: Toshkent bosh ofis!
95 513 80 80
95 411 80 80
95 195 80 80
95 196 80 80

Operator bilan bogʻlanish:
@Nabiev_Ramziddin
@Jaxongir_F

Online ariza qoldirish
www.avalonconsulting.uz
5.7K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-08-21 10:01:01 ​​Hech qachon noumid boʻlmang

Shau Ling Li AQSh vizasini qoʻlga kiritish uchun shu darajada koʻp uringan-ki, u hatto elchixona vakillari uchun eng taniqli insonga aylangan. Ammo uning talabi rad etilgan.

Shunda ham taslim boʻlmadi..

Muhojir sifatida Kanadaga ketishga kirishdi. 15 marta urinishiga qaramay, bu istagi ham amalga oshmadi.

Xitoy dengiz kuchlari safida xizmat qilmoqchi boʻldi, ammo uni qabul qilishmadi.

Elektironika sohasini tushungani bois katta bir shirkatga hujjat topshirdi. 124 kishidan 122 tasi qabul qilindi. U rad etilgan ikki kishining biri edi.

Xitoy armiyasida xizmat qilishga 21 kishi ichidan ham aynan u qabul qilinmadi.

Muvaffaqiyatsizlik ketidan muvaffaqiyatsizlik kelishiga qaramay u taslim boʻlmadi. Kurashishda davom etdi. Oʻzini, bor kuchi bilan elektironika sohasiga urishga qaror qildi. Toʻgʻrirogʻi elektron bozoriga ega boʻlish uchun reja tuzdi. Ammo hech qanday mablagʻi yoʻq edi uni. Kurashishda davom etdi va maqsad sari olgʻalab, ayolining taqinchoqlarini sotdi va bir yaqin doʻstidan qarz olib ishini boshladi. Uzoq yillik urinishlar va mehnat natijasida shirkati inqirozga yuz tutdi. Hozirda u qamoqda.

Qamoqda ham tinchgina ozodlikka chiqishni kutmaydi. Turma kutubxonasidan foydalanib ilmini to'xtovsiz oshirib boradi. Axborot texnologiyasi haqidagi kitoblar uning shu'rini egallab oladi. Garchi qamoqda kompyuter mavjud bo'lmasada, u to'xtamaydi. Qamoq devorlaridan kompyuter o'rnida foydalanadi, kodlarni devorga yozadi.

Nihoyat ko'rsatgan yaxshi xulqi va ilmga intilishi bilan amnistiya oladi va ozod bo'ladi.

Qamoqdan chiqib, uyiga boradi. Uyida esa nosozroq bo'lsada, kompyuteri borligini eslaydi. Qo'lidan kelmasligini bilsada, ishdan chiqqan kompyuterini tuzatishga urinadi. Bir necha o'nlab urinishlardan so'ng nihoyat eplaydi. Va ko'zida quvonch yoshlari bilan kompyuter shnurini razvedkaga ulaydi. Xonada yig'ilib qolgan is gazi va elektrga ulanayotgan kompyuter chaqnashi oqibatida yuzaga kelgan portlash tanasini bo'laklarga ajratib tashlaydi. Nihoyat u to'xtadi, izlanishdan, harakatdan to'xtadi. Abadiy to'xtadi...

PS: Nima, siz biror bir motivatsiyali holat kutganmidingiz)

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy
7.4K views07:01
Ochish/sharhlash