Get Mystery Box with random crypto!

​​Hech qachon noumid boʻlmang Shau Ling Li AQSh vizasini qoʻ | TalabaUz official | Talabalar kanali

​​Hech qachon noumid boʻlmang

Shau Ling Li AQSh vizasini qoʻlga kiritish uchun shu darajada koʻp uringan-ki, u hatto elchixona vakillari uchun eng taniqli insonga aylangan. Ammo uning talabi rad etilgan.

Shunda ham taslim boʻlmadi..

Muhojir sifatida Kanadaga ketishga kirishdi. 15 marta urinishiga qaramay, bu istagi ham amalga oshmadi.

Xitoy dengiz kuchlari safida xizmat qilmoqchi boʻldi, ammo uni qabul qilishmadi.

Elektironika sohasini tushungani bois katta bir shirkatga hujjat topshirdi. 124 kishidan 122 tasi qabul qilindi. U rad etilgan ikki kishining biri edi.

Xitoy armiyasida xizmat qilishga 21 kishi ichidan ham aynan u qabul qilinmadi.

Muvaffaqiyatsizlik ketidan muvaffaqiyatsizlik kelishiga qaramay u taslim boʻlmadi. Kurashishda davom etdi. Oʻzini, bor kuchi bilan elektironika sohasiga urishga qaror qildi. Toʻgʻrirogʻi elektron bozoriga ega boʻlish uchun reja tuzdi. Ammo hech qanday mablagʻi yoʻq edi uni. Kurashishda davom etdi va maqsad sari olgʻalab, ayolining taqinchoqlarini sotdi va bir yaqin doʻstidan qarz olib ishini boshladi. Uzoq yillik urinishlar va mehnat natijasida shirkati inqirozga yuz tutdi. Hozirda u qamoqda.

Qamoqda ham tinchgina ozodlikka chiqishni kutmaydi. Turma kutubxonasidan foydalanib ilmini to'xtovsiz oshirib boradi. Axborot texnologiyasi haqidagi kitoblar uning shu'rini egallab oladi. Garchi qamoqda kompyuter mavjud bo'lmasada, u to'xtamaydi. Qamoq devorlaridan kompyuter o'rnida foydalanadi, kodlarni devorga yozadi.

Nihoyat ko'rsatgan yaxshi xulqi va ilmga intilishi bilan amnistiya oladi va ozod bo'ladi.

Qamoqdan chiqib, uyiga boradi. Uyida esa nosozroq bo'lsada, kompyuteri borligini eslaydi. Qo'lidan kelmasligini bilsada, ishdan chiqqan kompyuterini tuzatishga urinadi. Bir necha o'nlab urinishlardan so'ng nihoyat eplaydi. Va ko'zida quvonch yoshlari bilan kompyuter shnurini razvedkaga ulaydi. Xonada yig'ilib qolgan is gazi va elektrga ulanayotgan kompyuter chaqnashi oqibatida yuzaga kelgan portlash tanasini bo'laklarga ajratib tashlaydi. Nihoyat u to'xtadi, izlanishdan, harakatdan to'xtadi. Abadiy to'xtadi...

PS: Nima, siz biror bir motivatsiyali holat kutganmidingiz)

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy