Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarga topshirgan ​​Abiturientlarimizning hozirgi kun tartib | TalabaUz official | Talabalar kanali

OTMlarga topshirgan ​​Abiturientlarimizning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mandat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

Alpomish mandatni ushlab hey menga qara ifffffflllll......... deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam...

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...


Noma'lum

Eslatma: bu post hazil tariqasida kayfiyat ko'tarish uchun kanalimizga joylandi. Mandat natijalarini kutayotganlarga Sabr tilab qolamiz

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy