Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.88K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 132

2022-02-01 10:48:58
#talabalardan

"Assalomu alaykum men samarqand davlat tibbiyot instituti o'qiyman bizga sessiyamiz 28 fevraldan 4martgacha bo'lishi malum qilindi
Lekin yangi smestrimiz 7fevraldan boshlanar ekan biz qanday qilib eski smestrni yopmay yangisiga o'ta olamiz bizdan ham sessiya hamma qatori onlayn olinsin bizni institutda ham onlayn sessiya uchun hamma sharoitlar yetarli shu sababli ushbu masalani oydinlashtirib berishizni iltimos qilardik"


P.s: Kallasi bilan urishib qolganlar. Qanday qilib bu semestrni yopmasdan, keyingi semestrga o'tish mumkin

Sizlar nima qilsangizlar ham qonunga to'g'ri kelaveradiya, qozi domla?

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
8.9K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:24:57 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
11.2K viewsedited  04:24
Ochish/sharhlash
2022-01-31 19:08:19
Oliy taʼlimda masofaviy oʻqitish sifati boʻyicha talabalardan soʻrovnoma

Hurmatli talabalar!

Oliy taʼlim muassasasalarida olib borilayotgan masofaviy taʼlim olish sifati yuzasidan oʻz fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!

Ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/Su6Qzxh6ELrTMsX37

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
7.2K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2022-01-31 13:55:30
So'rovnoma:

Hozirgi kunda OTM larda qanday asosiy muammolar bor, sifatli ilm olishga to'siq bo'layotgan? Nima deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
18%
Korrupsiya
5%
Adabiyotlarning eskiligi
13%
Stipendiya va rag'batlantiruvchi imtiyozlar, grandlarning kam ajratilganligi
7%
Chet el standartlarining milliy OTMlarga joriy etilmayotganligi
22%
Ŏqituvchilarning metodikasining eskiligi,zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilmayotganligi
27%
Maxsus fanlarning o'qitilmasligi va umumiy fanlarning ko'pligi
9%
Boshqa
6.2K voters13.0K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-01-31 11:47:01
Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi!

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida Respublika miqyosida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi ta’sis etildi.

Stipendiya tanlovida barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

BATAFSIL MA'LUMOT

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha talabalarga ushbu tanlovda ishtirok etishni tavsiya etadi.

Stipendiya tanlovi g‘oliblari “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil ma'lumot: @Stipendiya_Edubot

Intervyuni ko'ring:



Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
10.0K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-01-31 10:37:02
Talabalar 25-aprelgacha onlayn o'qishadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi qishki ta’til 25 aprelga qadar uzaytirilgani haqida talabalar o‘rtasida onlayn tarzda FAKE ma’lumotlar tarqatilmoqda. Bu ma'lumot yolg'on va haqiqat emas.


Eslatib oʻtamiz, oliy oʻquv yurtlarida anʼanaviy oʻqishni boshlash yoki onlayn oʻqishni davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror 24-fevralga yaqinroq maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
9.6K views07:37
Ochish/sharhlash
2022-01-31 08:10:06 Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o’qishni ko’chirish haqida YOLG‘ON OVOZLIXABARLAR tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ishtirokida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas va YOLG‘ON.

Vazir ishtirokida oʻqishni koʻchirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig‘ilishi boʻlgani yoʻq. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
9.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-01-31 06:47:35
Hozirgi zamon talabi.

Diploming va puling bo'lmasa...

P/S: Endi bildim o'qish kerak

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
10.7K views03:47
Ochish/sharhlash
2022-01-30 08:35:56
Ahvolimiz...

Murojaat botimizga kelgan ushbu xabarni o'zgartirishsiz sizlarga havola qilamiz:

"Samarqand davlat arxitektura qurilish inisitutda hozirgi kunda o'tkazilayotgan yakuniy imtihonlar Hemis tizimda olib borilmoqda va tizimdagi hatolar tufayli talabalar qiynalishmoqda, bularga yaqqol misol savol bor lekin javoblar berilmagan biz javobi yo'q savolni qanday topamiz shunga hayronman va shu tarzda talabalar imtihondan yiqilishmoqda. Hemis tizimi bo‘yicha imtihondan yiqilgan talabalar pul to‘lashi kerak nima biz yemagan somsamizga pul to‘lashimiz kerakmi?

Biz imtihonni tizimga kirituvchi ma'sularga bizga yana qayta imtihonni qo‘yib berishni so'raganimizda "Bu bizning aybimiz emas biz boshqa imtihonni ochib bermaymiz" deyishdi. Talabalarni boshi qotgan, yordam beringlar"

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
8.9K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-01-29 22:54:14
Bugun, birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov hayot bo'lganlarida 84 yoshni qarshilagan bo'lar edilar.

Oxiratlari obod bo'lsin!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
4.4K viewsedited  19:54
Ochish/sharhlash