Get Mystery Box with random crypto!

Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira | Talabalar | Rasmiy kanali

Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi