Get Mystery Box with random crypto!

Davomi.... Bugun o'z xayollaringiz bilan bo'lishni, osuda va | Muvaffaqiyat sari || TAFU

Davomi....

Bugun o'z xayollaringiz bilan bo'lishni, osuda va tinch vaziyatni istayapsizmi: o'zingizga buning uchun sharoit yarating va ruhiy extiyojingizni qondiring.

Xis - tuyg'ular, emotsiyalarning o'z o'rni bor, ular hayotning mazmuniga mazmun, rangiga rang, mazasiga maza qo'shadilar. Ulardan tiyilish esa tuzsiz ovqat yegandek buladi.
O'zingizga ham, farzandlaringizga ham emotsiya va xis - tuyg'ularini to'liq xis qilib yashashni odat qiling. Odatda bolaga “bo'ldi yig'lama, ko'z yoshingni art, yig'ishtir”, “qani darrov o'zingga kel” kabi buyruq va talablarni qo'yamiz, ammo bola robot emas darrov siz aytgan xolatga kirib ololmaydi. Aslida o'zingizni ham bu ish qo'lingizdan kelmaydi. Uning o'rniga unga sharoit yaratib bering, o'sha vaziyatda o'zini to'g'ri tutishini o'rgating. Tushunaman xozir yig'laging kelayotgan bo'lsa, boraqol xonangga kirib yig'lab ol, yengil tortasan, deb vaqt bering. O'ziga kelgach, suxbatlashib oling.

Azizlarim siz o'z emotsiyalaringizni ko'rsata olasizmi, ularni ichingizda saqlamasdan chiqarishda qanday usullardan foydalanasiz?

@TAFU_PSIXOLOGI