Get Mystery Box with random crypto!

Xech qachon o'z xis tuyg'ularingizdan uyalmang, ularni ko'rsat | Muvaffaqiyat sari || TAFU

Xech qachon o'z xis tuyg'ularingizdan uyalmang, ularni ko'rsatishdan, bildirishdan to'xtamang!!!

Xursandmisiz kuling, quvonchingizda yayrang. Yaxshi kayfiyatingizni boshqalarga xam yuqtirib, ular bilan bo'lishing.

Bugun yig'lagingiz kelyaptimi, xoli bir joy topib to'yib - to'yib yig'lab oling. Yig'lamayman, kuchli bo'lishim kerak deb xislaringizni bosishga urinmang. Vaqtida yig'lanmagan ko'z yoshlar tanangiz uchun zaxarga aylanishi mumkinligini unutmang.

Jaxlingiz chiqayaptimi jaxlingizni chiqarib yuboradigan mashqlarni bajaring, tinch joy topingda baqiring, keraksiz narsalarni sindiring, xat yozib yirtib, yoqib yuboring... Bunday usullar nixoyatda ko'p. Bu usullardan ko'nglingizga yoqqanini, imkoniyatingiz borini tanlangda bajaring.

@TAFU_PSIXOLOGI