Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur 🍃

Telegram kanalining logotibi tafakkurr_qiling — Tafakkur 🍃 T
Telegram kanalining logotibi tafakkurr_qiling — Tafakkur 🍃
Kanal manzili: @tafakkurr_qiling
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66
Kanalning ta’rifi

Amallar niyatlarga bog'liq.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
📅 24.09.2022
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-04 10:00:15 #Suhbatdan

-Qani o‘g‘lim, doskaga chiq-chiq senga bir savolim bor.
- Xo‘p bo‘ladi ustoz so‘rang.
- Ayt-chi, jonlilar necha turga bo‘linadi?
To‘rtga bo‘linadi ustoz.
- Adashmadingmi? Xo‘p mayli, sanachi?
- O'simliklar, hayvonlar, odamlar, bolalar...
- Bolalar ham odam emasmi, o‘g‘lim?
- To‘g‘ri aytasiz, ustoz, u holda jonlilar uchga bo‘linadi.
- Qani endi qaytadan sana-chi?
- O'simliklar, hayvonlar va bolalar...
- O'g‘lim, odamlarga nima bo‘ldi?
- Qalblarida muhabbat urug‘ini o‘stira olganlari bolaligicha qolishdi, qolganlarining esa hayvondan farqi qolmadi, ustoz...


@Tafakkurr_qiling | #qalb
30 views07:00
Ochish/sharhlash
2022-10-04 09:00:16 Iso alayhissalom oʻtib borar edilar, bir baxil kishi durusht (qoʻpollik) bilan soʻz qotdi. U kishi yumshoqlik bilan soʻzlashdilar. U yana avj qilar, hazrat Iso alayhissalom yumshoqlik bilan muomala etar edilar. Bir buzrukvor kelib aytdi:
– Ey Iso, bu ablah sizga qoʻpollik qilyapti, siz chiroyli muomala qilasiz. Nega bunday?
— Har kim ichidagini toʻkar, koʻzaning ichida nima boʻlsa, shu toʻkiladi.

Nosiruddin Burxonuddin Rabgʻuziy “Qissasi Rabgʻuziy”

@Tafakkurr_qiling | #tarbiya
28 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-10-04 08:01:29
Mening ko'zlarim ko'p marta go'zal va betakror ko'zlarni ko'rdi.
  Lekin men cho'kishga rozi bo'lgan birgina dengiz sening ko'zlaringdir...))

@Tafakkurr_qiling | #yaxshim
39 views05:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 07:01:18 Boshimizga kelgan musibatlarni kunda sanadigu,
Bergan ne'matlarini doim unutdik..!


@Tafakkurr_qiling | #tafakkur
29 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 06:00:27
#kitobdan

Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da berma, qo'lingdan keladigan ishga ham va‘da berma.
Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da bersang uyatga qolasan, qo'lingdan keladigan ishni esa va‘da bermasdan ham bajarsa bo'laveradi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar
28 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-10-04 05:01:31
#kitobdan

Chunki kattalar raqamlarni juda yaxshi koʻrishadi. Agar ularga yangi doʻst orttirganingiz haqida aytib qolsangiz, ular hech qachon eng asosiy narsa haqida so‘ramaydilar. Ular hech qachon: "Uning ovozi qanaqa? Qanaqa o‘yinlarni yaxshi ko‘radi? U kapalak tutadimi-yo‘qmi?" deba surishtirmaydilar. Ular: "Yoshi nechida? Nechta og‘a-inisi bor? Vazni qancha ekan? Otasi qancha maosh oladi?" deya so‘ray ketadilar. So‘ng shu tariqa o‘zlaricha odamni bilib olgan bo‘ladilar. Mabodo kattalarga: “Men qizgʻin gʻishtli chiroyli bir uyni koʻrdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor”, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham koʻz oʻngilariga keltira olmaydilar. Ularga: “Men yuz ming frankli uyni koʻrdim”, deb aytish lozim – shundagina ular: “Ana goʻzallig-u mana goʻzallik!” deya xitob qiladilar.

Kichkina shahzoda

@Tafakkurr_qiling
24 views02:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 04:01:41 Baxt - bu hamma narsang borligi emas, balki, hammasini o'rnini bosa oladigan insoning borligi

@Tafakkurr_qiling | #yaxshim
24 views01:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 03:01:46 "Otam hayotida romantik kino ko‘rmagan. Hech qachon sevgi haqida she’rlar va qasidalar yodlamagan. Bir donayam muhabbat to‘g‘risida qo‘shiq hirgoyi qilmagan.
Ammo judayam xudojo‘y onajonim bilan urushib qolganda esa faqat bir ish qilardi; uning uzun tasbehidan yurak ramzini yasab, joynamozi ustiga qo‘yib ketardi.."

Ayman Yog'iy

@Tafakkurr_qiling | #ishq
24 views00:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 02:00:36
Atirgulni sevib, tikoniga chidashga majbur emassiz!
Moychechakni seving!)

@Tafakkurr_qiling
25 views23:00
Ochish/sharhlash
2022-10-03 19:42:22
Ichida muhabbat bo'lmagan qalb,
eng qashshoq qalb..


@Tafakkurr_qiling | #qalb
28 views16:42
Ochish/sharhlash