Get Mystery Box with random crypto!

#Suhbatdan -Qani o‘g‘lim, doskaga chiq-chiq senga bir savolim | Tafakkur 🍃

#Suhbatdan

-Qani o‘g‘lim, doskaga chiq-chiq senga bir savolim bor.
- Xo‘p bo‘ladi ustoz so‘rang.
- Ayt-chi, jonlilar necha turga bo‘linadi?
To‘rtga bo‘linadi ustoz.
- Adashmadingmi? Xo‘p mayli, sanachi?
- O'simliklar, hayvonlar, odamlar, bolalar...
- Bolalar ham odam emasmi, o‘g‘lim?
- To‘g‘ri aytasiz, ustoz, u holda jonlilar uchga bo‘linadi.
- Qani endi qaytadan sana-chi?
- O'simliklar, hayvonlar va bolalar...
- O'g‘lim, odamlarga nima bo‘ldi?
- Qalblarida muhabbat urug‘ini o‘stira olganlari bolaligicha qolishdi, qolganlarining esa hayvondan farqi qolmadi, ustoz...


@Tafakkurr_qiling | #qalb