Get Mystery Box with random crypto!

#kitobdan Chunki kattalar raqamlarni juda yaxshi koʻrishadi. | Tafakkur 🍃

#kitobdan

Chunki kattalar raqamlarni juda yaxshi koʻrishadi. Agar ularga yangi doʻst orttirganingiz haqida aytib qolsangiz, ular hech qachon eng asosiy narsa haqida so‘ramaydilar. Ular hech qachon: "Uning ovozi qanaqa? Qanaqa o‘yinlarni yaxshi ko‘radi? U kapalak tutadimi-yo‘qmi?" deba surishtirmaydilar. Ular: "Yoshi nechida? Nechta og‘a-inisi bor? Vazni qancha ekan? Otasi qancha maosh oladi?" deya so‘ray ketadilar. So‘ng shu tariqa o‘zlaricha odamni bilib olgan bo‘ladilar. Mabodo kattalarga: “Men qizgʻin gʻishtli chiroyli bir uyni koʻrdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor”, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham koʻz oʻngilariga keltira olmaydilar. Ularga: “Men yuz ming frankli uyni koʻrdim”, deb aytish lozim – shundagina ular: “Ana goʻzallig-u mana goʻzallik!” deya xitob qiladilar.

Kichkina shahzoda

@Tafakkurr_qiling